• Ekspert-auditorlar
  • Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi
  • Metrologiya va standartlashtirish




    Download 0,93 Mb.
    bet52/58
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #238909
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58
    Bog'liq
    “METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH” MA\'ruzalar matni SIRTQI

    Sakkizinchi sxema: Xar bir tayyorlangan, ayrim buyumning standartlar talabiga muvofikligi sinovlar utkazib, aniklashga asoslangan sertifikatlashtirish usulida yukorida 1 –7 – sxemalariga karaganda ta’minlovchining ma’suliyati ancha yukori . Tabiyki muvoffakiyatli sinovlardan utgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiklik belgisini oladi. 8 – sxema maxsulotga nisbatan yukori va kat’iyrok talablar kuyilganda ishlatilishiga asoslangan yoki maxsulotning ishlatilishi natijasida standart talablarga mos kelmasligi iste’molchiga katta iktisodiy zarar yetkazganida kullaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish kimmat baxo metallardan va kotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda kuprok kullaniladi. Bundan asosiy maksad kimmat baxo metallarning belgilangan mikdori, tarkibi va buyumning tozaligini tekshirishdir.

    Ekspert-auditorlar


    Sertifikatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert-auditordir. U odatda sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda, sinov laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin.
    Ekspert-auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga aytiladi.
    Ekspert-auditor sifatida “O‘zstandart” tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda yetarli chuqur bilimga ega bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin.
    Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;

    • sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini nazorat qilish;

    • sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish;

    • sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.

    Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.

    Download 0,93 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   58




    Download 0,93 Mb.