• Avtotebranishlar haqidagi dastlabki malumotlar 1. Avtotebranish sistemalari.
  • Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/51
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,36 Mb.
    #228484
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
     
    AVTOTEBRANISHLAR 
    Real tebranish sistemasida yuzaga keluvchi erkin tebranishlar
    hamma vaqt so'nadi. Buning sababi shundaki, tebranish sistemasining
    qarshiligi tufayli energiyaning bir qismi qaytarib bo`lmaydigan ichki 
    energiyaga aylanadi va atrof fazoga sochiladi. Agar qandaydir usul bilan 
    tebranish sistemasidagi, uning qarshiligi tufayli kamaygan energiyani to`ldirish
    mumkin bo`lganda edi, unda so'nmas tebranishlar yuzaga kelar edi.
    Buni qanday amalga oshirish mumkinligini ko'raylik. 
    Avtotebranishlar haqidagi dastlabki ma'lumotlar 
    1. Avtotebranish sistemalari.
    Ravshanki, tebranish sistemasining 
    kamaygan energiyasini to'ldirib turish uchun qandaydir manba bo'lishi kerak. 
    Bunda ikkita shartning bajarilishi muhim ahamiyatga ega: 
    1)
    manbadan tebranish sisternasiga bir davr ichida keluvchi energiya 
    ana shu vaqt ichida energiyaning boshqa turlariga aylanuvchi energiyaga aniq 
    teng bo'lishi kerak; 
    2)
    energiya tebranish sisternasiga «takt» bilan, ya'ni sistemada yuz 
    beruvchi erkin tebranishlar fazasiga moslashgan tarzda berilishi kerak. 
    Bu shartlarning bajarilishi uchun tebranish sistemasiga energiya 
    berilishini boshqaruvchi maxsus qurilma bo'lishi kerak. Bu qurilma shartli 
    ravishda 
     
    klapan
    deb ataladi.


    2.2-rasm 
    So'nmas tebranishlar bo'lishi mumkin bo'lgan qurilmaning blok-sxemasi 2.2-
    rasmda tasvirlangan. Bunday qurilmalar
     
    avtotebranish sistemalari
    ,
    ularda 
    yuzaga keluvchi tebranishlar esa
     
    avtotebranishlar
    deb nomlangan. 
    Har qanday avtotebranish sistemasi uch qismdan iborat: 
    a) tebranish sistemasining o'zi; 
    b) energiya manbayi; 
    d) «klapanlar». 
    «Klapan»ning ishini tebranish sistemasi boshqaradi. Tebranish sistemasi 
    bilan «klapan» oraisdagi bog'lanish «teskari bog'lanish» deb yuritiladi. 
    Avtotebranishlar nazariyasi L.I.Mandelshtam, N.D.Papaleksi, A.A.Andronovlar 
    va ularning shogirdlarining ishlarida ishlab chiqiigan. «Avtotebranish», 
    «Avtotebranish sistemalari» terminlari fanga akademik A.A.Andronov 
    tomonidan kiritilgan.

    Download 1,36 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mexanik va elektromagnit tebranishlarning qiyosiy xarakteristikasi

    Download 1,36 Mb.
    Pdf ko'rish