Elektr avtotebranish sistemasi: Hozirgi zamon texnikasida elektr
avtotebranish sistemalari keng tarqalgan. Misol tariqasida sinusoidal elektr
tebranishlar avtogeneratorini ko'raylik. Bunday generatorlar doimiy tok
energiyasini har xil chastotali o'zgaruvchan tok energiyasiga aylantirib
beradi.
1. Generatorning elektr sxemasi. Sinusoidal
elektr
tebranishlar
avtogeneratorlarining sxemalari ko'p bo'lishiga qaramay, ularning ishlash
prinsipi bir xil.
Quyidagi 2.4-rasmda soddalashtirilgan sxemasi keltirigan avtogeneratorda
«klapan» rolini tranzsitor bajaradi. Sxemadan ko'rinadiki, tebranish
konturi doimiy tok manbayiga transistor bilan ketma-ket ravishda ulanadi.
Tranzistorning emitter o'tishi
𝐿
𝑏
g'altak orqali tebranish konturi bilan
induktiv bog'langan. Bu g'altak
teskari bog'lanish g'altagi deyiladi.
Generatorni ulab, elektron ossillograf yordamida tebranish konturida
elektr tebranishlari hosil bo'lganini osongina ko'rish mumkin (2.5-rasm).
2. Avtogeneratorning ishlash prinsipi. Avtogeneratorning ishlashini
quyidagicha tushuntirish mumkin. Zanjir ulanganda tranzistor orqali
𝑖
tok
impulsi o'tib, tebranish konturining
𝐶
𝑘
kondensatorini zaryadlaydi, natijada
konturda
𝜈 =
1
2𝜋√𝐿 𝐶
chastotali erkin elektr tebranishlar yuzaga keladi. Agar kontur
izolatsiyalangan bo'lganda edi, konturga berilgan
2.4- rasm 2.5- rasm
2.6- rasm
Energiyaning qaytarib bo'lmaydigan ichki energiyaga aylanishi tufayli, undagi
tebranishlar so'nar edi. Ammo kontur
𝐿
𝑏
teskari bog'lanish orqali tranzistorning
emitter o'tishi bilan bog'langan. Shuning uchun kontur g'altagidan oquvchi
𝑖
tokning o'zgaruvchi magnit maydoni teskari bog'lanish g'altagida
(transformatorning ikkilamchi o'ramidagi singari)
𝑈
𝑒
o'zgaruvchi kuchlanish
induksiyalaydi (2.6-rasm). Bu kuchlanish ta'sirida emitter o'tishning elektr
maydoni goh kuchayadi, goh susayadi, tranzistor esa goh ochiladi, goh
berkiladi.
Tranzistor ochiq bo'lgan vaqt oralig'ida undan davomiyligi
tranzistorning ish rejimiga bog'liq bo'lgan tok impulslari o'tadi (2.6-b
rasmda konturdagi tebranishlarning yarim davri ichida davom etuvchi
tok impulslari ko'rsatildi). Tranzistordan o'tuvchi tok impulslarining
chastotasi konturdagi tebranishlar chastotasi bilan bir xil va ular konturga
undagi kondensator zaryadlanayotgan momentlarda yetib keladi (2.6
-b rasm). Shuning uchun tranzistordan o'tuvchi tok impulslari kondensatorni
qo'shimcha zaryadlaydi va kontur energiyasini to'ldiradi. 2.6
-d rasmdagi
shtrixlangan yuzlar har tebranish davrida konturga beriladigan
energiyaga proporsionaldir. Manbadan konturga beriladigan energiya
undagi energiya sarfini kompensatsiyalaydi, shuning uchun konturdagi
tebranishlar so'nmaydi.
2.7- rasm