199
§ 15.2. GESlarida qo‘llanuvchi avtomatik boshqaruv tizimlari
TJABT mahalliy boshqaruv tizimlarini yagona
tizimga birlashtirish uchun
mo‘ljallangan. Axborotni va butun elektr stansiyasi uchun yagona boshqarish paneli
orqali markazlashgan holda saqlashini ta’minlashdan iborat.
Turbinalar hosil qilgan
elektr quvvatini rostlash va guruhli nazorat qilishdan iborat.
Tizim funksiyalari
•
Jarayonlarning elektr va texnologik parametrlari
haqidagi axborotlarni
markazlashgan holda yig‘ish, saqlash va qayta ishlash.
•
Lokal agregat boshqarish tizimlaridan axborotlarni yagona ma’lumotlar
bazasiga integratsiyalash.
•
Voqealar, avariya va ogohlantirish signallar jurnalini yuritish.
•
Texnologik jarayonlarni ko‘rinish shaklida grafikli tasvirlash
•
GES uskunalarini masofadan boshqarish.
•
Jihozni texnologik va himoya to‘sish.
•
Texnologik parametrlarni avtomatik rostlash.
•
Uskunalar diagnostikasi.
Integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi bilan qoplangan
quyi tizimlar
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi quyidagi quyi tizimlardan iborat:
•
Agregat nazorat qilishning texnik vositalari to‘plami.
•
Aktiv va reaktiv quvvatli rostlagich tizimi.
•
Gidroo‘lchov tizimi.
•
Zatvorlarni nazorat qilish tizimi.
•
ORU sxemasini boshqarish tizimi.
•
Gidroelektrostansiyalarning pnevmatik xo‘jaligi.
•
Gidroelektrostansiyalarning texnik suv ta’minoti.
•
Gidroelektrstansiyalarining yog‘-moy va neft xo‘jaligi.
•
Nasos stansiyalari.
•
To‘g‘on nazorati.
•
Gidroelektrstansiyalarning elektr o‘z yehtiyojlari.