202
3.13-rasm. Tizimlar almashuvi tuzilmasi
Amalga oshirish xususiyatlari
Boshqarish tizimlarining katta-kichikligi (20.000 tegdan ortiq) boshqarish
ob’ektini tasvirlash jarayonini, tizim tomonidan bajariladigan vazifalarni va operatorlar
uchun axborotni aks ettirish shakllarini avtomatlashtirishni talab qiladi.
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratishda
quyidagilarni amalga
oshirish imkonini beruvchi vositalardan foydalaniladi: tizimning yuqori darajali
ma’lumotlar bazasini
avtomatik generatsiyalash, boshqaruvchi dasturlar,
yuzaga
chiquvchi axborot ko‘rsatish shakllari va kontrollerlar va tizimning yuqori darajasi
o‘rtasida axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish.
Qo‘llanilishning afzalliklari
•
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni qisqartirish.
•
Texnologik jarayon uskunalari buzilishida uni axtarishga
va bartaraf etishda
vaqtni tejashligi.
•
Chastota, hosil qilingan elektr quvvati, o‘z ehtiyojlari
uchun harorat va
boshqalar kabi rostlanadigan texnologik parametrlarni barqaror saqlash.
•
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyatini Monitoring qilish, shu jumladan GES
da vaziyatni masofadan turib kuzatish.