194
§ 15. NASOS STANSIYALARINI AVTOMATLASHTIRISH
§ 15.1. GESlarni texnologik qurilmalari,
avtomatlashtirish vositalari
Gidroelektrstansiyalari haqida umumiy tushunchalar
Gidroelektr stansiya (GES)
- suv oqimi energiyasidan energiya manbai sifatida
foydalanadigan elektr stansiyasi.
Gidroelektr stansiyalar, odatda, daryolar, to‘g‘onlar va suv omborlarida quriladi.
GESlarda samarali quvvat olish uchun 2 ta asosiy omil zarur:
yil davomida
kafolatlangan suv ta’minoti va yirik daryo yonbag‘irlarining mavjudligi.
GES ishlash prinsipi
Gidrotexnik konstruksiyalar zanjiri elektr energiyasi hosil qiluvchi
generatorlarni harakatga keltiruvchi gidroturbinaning kuraklariga (lopast)
kiruvchi
suvning kerakli bosimini ta’minlaydi.
Zarur suv bosimi to‘g‘onning qurilishi natijasida hosil bo‘lib, u daryoning
ma’lum joydagi konsentratsiyasiga yoki suvning tabiiy oqimiga (derivatsiyasiga), yoki
to‘g‘onning ham, derivatsiyaning ham birgalikda ishlatilishiga olib keladi.
Barcha quvvat uskunalari GES binosida joylashadi.
Mashina zalida suv oqimining energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasiga
aylantiradigan gidroagregat qurilmalari va qo‘shimcha uskunalar joylashtiriladi:
gidroelektrostansiya boshqaradigan va ishina
nazorat qiladigan qurilmalar,
transformator stansiyasi, taqsimlovchi qurilmalar va boshqalar.
GESlar hosil bo‘lgan quvvatga qarab quyidagicha bo‘linadilar:
•
Kuchli - 25 MW va undan yuqori ishlab chiqaradigan;
•
O’rta - 25 MWgacha;
•
Kichik - 5 MW gacha.
GESlarning quvvati suv bosimi va sarf tezligiga,
shuningdek, ishlatiladigan
turbinalar va generatorlarning samaradorligiga bog‘liq.
GESning o‘ziga xos xususiyati tabiiy omillarga qarab siklik imkoniyatlari bilan
belgilanadi.
195
GESning yillik, oylik, haftalik yoki kunlik ishlash sikllari mavjud bo‘ladi.
Gidroelektrostansiyalar suv bosimidan maksimal foydalanish bo‘yicha
quyidagicha
bo‘linadi:
•
yuqori bosimli - 60 metr va undan ko‘p bo‘lgan;
•
o‘rta bosimli – 25 metrdan boshlab 60 metrgacha;
•
past bosimli – 3 metrdan to 25 metrgacha.
GESlarda ishlatiladigan turbinalarning ishlash prinsipi bir xil.
Bosim ostidagi suv (suv bosimi) aylana boshlagan turbina kuraklariga kiradi.
Mexanik energiya elektr energiyasi hosil qiluvchi gidro generatorga uzatiladi.
Turbinalar ayrim texnik xarakteristikalari bilan bir qatorda kameralari - po‘lat yoki
temir-beton bilan farqlanib, turli suv bosimi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yuqori bosimli gidroelektr stansiyalarida metall spiral kamerali kovsh
(chelaksimon) va radial-o‘qli turbinalar, o‘rta bosimli GESlarda aylanma kurakli va
radial-o‘qli turbinalar, past bosimli gidroelektr stansiyalarida temir-beton kameralarda
aylanma-kurakli turbinalar ishlatiladi.
Gidroelektrstansiyalar tabiiy resurslardan foydalanish tamoyiliga ko‘ra
quyidagilarga bo‘linadi:
Daryobo‘yi gidroelektrstansiyalarida suv bosimi daryoni butunlay to‘sib
turadigan to‘g‘on o‘rnatish yoki undagi suv sathini talab darajasiga ko‘tarish yo‘li bilan
yaratiladi.
Bunday gidroelektrostansiyalar tog‘ daryolarida, daryobo‘yi torroq,
siqilgan
joylarda quriladi. Suv bevosita GES turbinalariga beriladi.
To‘g‘on - yon gidroelektr stansiyalarida to‘g‘on butunlay to‘silganda suv bosimi
ham yaratiladi, gidroelektr stansiya binosi to‘g‘on ortida,
uning quyi qismida
joylashgan bo‘ladi.
Daryobo‘yi gidroelektr stansiyalariga nisbatan yuqori bosimga ega bo‘lgan suv
turbinalarga maxsus bosimli tunnellar orqali beriladi.
Derivatsion gidroelektr stansiyalarida derivatsiya yo‘li bilan kerakli suv
konsentratsiyasiga erishiladi. Suv bevosita GES binosiga beriladi.
Gidroakumlyatsiya
qiluvchi
GESlarda
(GAES
deb
yuritiladi)
gidroelektrostansiyalarda hosil bo‘lgan elektr energiyasi to‘planib, cho‘qqi (pik)
yuklari paytlarida ishlatiladi.
Yuklamalar yuqori bo‘lmagan vaqtida GAESlar tashqi
energiya manbalaridan
nasoslar sifatida ishlaydi, chunki uning narxi yuqori yemas (masalan, kechasi) va suvni
maxsus jihozlangan yuqori hovuzlarga pompalaydi.
Yuqori yuklamalar paytlarida ulardan suv bosim quvuriga kiradi va turbinalarni
haydaydi.
196
Gidroelektr stansiya tarkibiga shlyuzlar, kema ko‘targichlar, baliq o‘tqazish,
sug‘orish suv olish inshootlari va boshqalar kirishi mumkin. Qayta tiklanadigan tabiiy
resurslardan elektr energiyasi ishlab
chiqarish uchun foydalaniladi, shuning uchun
ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining yakuniy tannarxi
boshqa turdagi elektr
stansiyalaridan foydalanilganda past bo‘lib, atmosferaga zararli chiqindilar bo‘lmaydi.
Biroq, gidroelektr stansiyasini faqat katta suv bosimini yaratish mumkin bo‘lgan
joylarda qurish mumkin
Bu holda yaratilgan suv omborlari odatda katta yer maydonini to‘ldiradi, ba’zan
bu ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi.