198
Texnologik avtomatlashtirish va yordamchi uskunalarni nazorat qilish DTM
asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
•
texnologik harakatlarning berilgan ketma-ketligi ko‘rinishida amalga
oshiriladigan gidroturbina agregatning ishga tushirilishi, tarmoqqa ulanishi va
to‘xtashi;
•
podshipniklar va podshipnik plitalari kabi jihozning barcha aylanuvchi va
harakatlanuvchi qismlarini moylash uchun jarayon suv ta’minotini avtomatik
boshqarish;
•
sovitish tizimini avtomatik boshqarish va nazorat qiliish, ju jumladan
podshipniklarni sovitishga suv ta’minotini, shuningdek, generator sovitish
uchun distillat ta’minlashdan iborat;
•
gidroturbina
agregatlarining
nosozligida
gidromexanik
himoyalarni
signalizatsiya qilish va ishga tushib ketishini ta’minlash.
3.11-rasm.
Simatic S7-414H/417H ko
ntroller bilan quyi tizim manbasini shkafda
joylashuvi keltirilgan
Avariya-ta’mirlash zatvorini DTM
DTM avariya-ta’mirlash zatvorini holatini kuzatib borish va platina
tuzilmasining yuqori oqimiga o‘rnatilgan avariya ta’mirlash zatvorini nazorat qilish
uchun ishlatiladi va quvur yorilishi, nazorat qilish tizimida avariya yoki gidroturbina
agregatini ta’mirlash taqdirda suv quvur tez avariya yopilishi uchun mo‘ljallangan.
Shoshilinch ta’mirlash zatvori texnologik avtomatlashtirishning oxirgi avariya chizig‘i
bo‘lib, u bilan bog‘liq holda DTM ishlashining ishonchliligi alohida ahamiyatga ega.
Nazorat parametrlarini kichik soniga qaramay, qo‘shimcha kontroller qo‘yili maqsadga
muvofiqdir, masalan S7-400H rusumli kontroller.