Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

boshqarish tizimi
deb atash mumkin. Axborot o‘zida keng ma’nodagi tushunchani olib 
yuradi va turli xil hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushuntirish uchun ishlatiladi. 
Birlamchi o`zgartirgich 
- datchik, axborot uzatuvchi. Tadqiqot ob'ektiga 
to'g'ridan-to'g'ri joylashtirilgan va o'lchov ma'lumotlarini qayta ishlash, namoyish 
qilish va ro'yxatga olish joyidan olib tashlanadigan asosiy o'lchov o`zgartirgich
 
daychiklar deb ataladi. Masalan, harorat, namlik, bosim datchiki. 
Gidravlik IK
- IK qabul qilayotgan rostlash ta`sir signali gidravlik signali 
ko`rinishida bo`lgan qurilma
Gidravlik rostlagichlar
- gidravlik energiyani ishlatadigan rostlagich. 
Gidrostatik sath o`lchagich
- suyuqlik bosimini o`zgarishiga asoslangan sathni 
o`lchash asbobi.
Datchik
– tahlil qilinayotgan muhit ta’sirlarini qabul qilib, uni o‘lchovchi va aloqa 
kanali bo‘yicha axborotlarni uzatish uchun qulay parametrga o‘zgartirib beruvchi 
qurilma. Qator hollarda datchiklarning funksiyalari ikkita alohida qurilmalar orqali 
amalga oshirish mumkin. Bularning birinchisi – nazorat-o‘lchov asboblari yoki 
birlamchi o‘zgartirgichlar
deb ataluvchi, faqatgina o‘lchashlarni amalga oshiruvchi 
qurilmalar hamda ikkinchisi – o‘lchanayotgan kattalikni faqatgina o‘zgartiruvchi, 
o‘zgartkich
deb nomlanadigan qurilmalardir. Masalan, pnevmoelektrik o‘zgartkich, 
faqatgina havo bosimini elektr toki kuchlanishiga o‘zgartirib beradi. 
Dasturlash nazariyasi
axborotlardan boshqarish uchun foydalanish va uni qayta 
ishlash usullarini o‘rganish va ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Axborotli usul 
ixtiyoriy boshqarish tizimining ishini, algoritm deb nomlanuvchi ma’lum qoida 
bo‘yicha, axborotlarni qayta ishlash yo‘li bilan dasturlash imkonini beradi. Ixtiyoriy 
boshqarish tizimining ishini dasturlash umumiy holda quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
a) yechimni topish uchun algoritmni belgilash; b) tizim qabul qiluvchi kodda dasturlar 
tuzish. Algoritmlarni qo‘llanilishi, elektron mashinalar yordamida jarayonlarni 
majmuaviy boshqarish, masalalarning optimal, ya’ni eng yaxshi yechimlarini tanlash 
imkonini beradi (masalan, maksimal unumdorlikni olish, harakatning eng yaxshi 


258 
trayektoriyasi, eng qisqa yo‘lni aniqlash, xom ashyo, yoqilg‘i, elektr energiyasi kam 
sarflanishini ta’minlash va shu kabilar). 
Diafragma
- sarf o`lchash uchun mo`ljallangan o`rtasida ma`lum o`lchamdagi 
teshikli disk. 
Differensial trasnformatorli signal o`zgartkich
- ikkilamchi o`ramlari bir-biriga 
qarama-qarshi ulangan siljishni kompensasiyalovchi signal o`zgartkich.
Drossellash diapazoni (DD)
- kuchaytirish koeffisientiga teskari foizdagi 
qiymati, DD=(1/K)*100 %;
Ijrochi qurilma -
rostlagichdan keladigan signalga karab, ob`ektni holatiga ta`sir 
qiluvchi qurilma - rostlagichni buyrug`ini bajaruvchi. 
Ijrochi qurilma
- rostlagichdan keladigan signalga karab, ob`ektni holatiga ta`sir 
qiluvchi qurilma - rostlagichni buyrug`ini bajaruvchi. 
Isitgichni modellashtirish
- isitgichda ketayotgan jarayonni uning matematik 
modelida olingan natijalar bo`yicha o`rganish. 
Idish devorini isitish jarayoni 
- devor issiqligini vaqt bo`yicha o`zgarishi. 
Impul`sli turtki 
- ob`ektga ko`rsatilayotgan ta`sir impul`s ko`rinishida Inersiyasiz 
bulinma - kuchaytiruvchi, sigimsiz yoki proporsional bo`linma. 
Integral rostlagichlar
-rostlanuvchi parametr belgilangan qiymatdan 
chetlashganda rostlash ta`sir signalining o`zgarishi shu chetlashishga proporsional 
bo`ladigan rostlagich. 

Download 7,42 Mb.
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish