Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

Avtomatik hudud
– bu bir nechta avtomatlashtirilgan dastgohlar, transport 
tizimlari bilan birlashtirilgan modullar yoki yacheykalar, shuningdek manipulyatorlar, 
yordamchi qurilmalar va bir turdagi detallarga turli ketma-ketlik bilan majmuaviy 
ishlov berishni ta’minlovchi markaziy EHM dan guruhli boshqariladigan tizimlar 
birligidan tashkil topgan majmuadir. 
Avtomatik boshqaruv tizimi
– barcha elementlarining funksiyalari bevosita inson 
ishtirokisiz turli qurilmalar orqali amalga oshiriladigan tizim. 
Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi
– axborotlarni to‘plash, ularga ishlov 
berish va boshqarish uchun turli qurilmalar ishlatiladigan, biroq ma’lum funksiyalar 
inson yoki insonlar guruhi tomonidan amalga oshiriladigan tizim. 
Avtomatikaning boshqarish sxemalari
- avtomatik tizimlar, elementlar va 
moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatasiya qilish kabi ish jarayonlarni 
bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. 
Axborotlar nazariyasi
axborotlarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish usullarini 
o‘rganadi. Axborot, ma’lum parametrlari uzatilayotgan ma’lumotlarga mos keluvchi 
fizik jarayonlarning signallari yordamida uzatiladi va qabul qilinadi. Bunday moslikni 
o‘rnatilishi kodlash deyiladi. 
Axborotlar nazariyasi
axborotlarni qabul qilish, o‘zgartirish va uzatish usullarini 
o‘rganadi. Axborot, ma’lum parametrlari uzatilayotgan ma’lumotlarga mos keluvchi 
fizik jarayonlarning signallari yordamida uzatiladi va qabul qilinadi. Bunday moslikni 
o‘rnatilishi kodlash deyiladi. 
Avtomatik boshqarishning raqamli tizimlari
analogli hisoblash mashinalari 
(AHM) va raqamli elektron-hisoblash mashinalari (REHM) asosida bir qator 
murakkab boshqarish algoritmlarini amalga oshirishga imkon beradi, bunday 
boshqaruvlarda REHM larga yetakchilik roli beriladi. 
Aloqa kanali
– informatsiya (axborot) beruvchi qurilma. Bu axborot (energiya) 
larni qabul qiluvchi qurilma va ushbu axborotlarning uzatilishi amalga oshiriladigan 
fizik muhit orqali shakllantiriladi.
Bilvosita ta`sir etuvchi rostlagichlar 
- rostlash organini siljitishga tashqaridan 
energiya olib ishlatuvchi rostlagichlar. 
Bevosita ta`sir etuvchi rostlagichlar
rostlash organini siljitishga ob`ektning 
o`zini energiyasini ishlatuvchi rostlagichlar. 
Boshqaruv
– bu ob’ekt faoliyatini, boshqarilayotgan jarayon parametrlari 
qiymatlari haqidagi ma’lum axborotlar asosida amalga oshiriladigan dasturga mos 
ravishda ushlab turishga yo‘naltirilgan harakatlar to‘plami. Ishlab chiqarishni 
avtomatlashtirish nuqtai nazaridan boshqaruv avtomatik va yarimavtomatik turlarga 
bo‘linadi. Avtomatik boshqaruvda boshqariluvchi ob’ektga buyruqlarni berish maxsus 
qurilmalar yoki berilgan dastur bo‘yicha yoki nazorat qilinayotgan parametrlar 
haqidagi axborot asosida amalga oshiriladi. Yarimavtomatik boshqaruvda 


257 
boshqarilayotgan ob’ekt ishini nazorat qilish va buyruqlar berish qisman operator 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Boshqarish ob’ekti
– bu faoliyat ko‘rsatish algoritmi bajarilishi uchun tashqi 
tomondan maxsus tashkil etilgan ta’sir ko‘rsatilishi kerak bo‘ladigan texnik jarayonni 
amalga oshiruvchi qurilma. 
Boshqarish algoritmi
– boshqarish ob’ektiga berilgan faoliyat ko‘rsatish 
algoritmini amalga oshirish maqsadida tashqaridan beriladigan ta’sirlar xarakterini 
belgilab beruvchi buyruqlar to‘plami. 
Boshqarish tizimlari nazariyasi
boshqarish tizimlarining tuzilishi va qurilish 
tamoyillari, ularning boshqa boshqarish tizimlari bilan aloqalari hamda tashqi 
ta’sirlarga bo‘lgan reaksiyalarini o‘rganadi. Umumiy holda axborotlarni biror 
maqsadga yo‘naltirilgan qayta ishlanishini amalga oshiruvchi ixtiyoriy fizik ob’ektni 

Download 7,42 Mb.
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish