260
Sarf
-
vaqt
birligida
o`tayotgan
modda
mikdori.
Sarf o`lchagich
- modda sarfi qiymatini o`lchovchi asbob.
Sinusoidal turtki
- ob`ektga ko`rsatilayotgan ta`sir sinusoidal ko`rinishda bo`ladi.
S- egrilik
- kirish qiymati impul`sli ta`siri natijasidagi chizish qiymatini
o`zgarishi.
Sil`fon
- yon tomoni gofrilik kilib ishlangan bosim o`lchashga
mo`ljallangan silindrik korobka.
Signal o`zgartirgich
- o`lchanayotgan ko`rsatkich to`g`risidagi axborotni masofaga
uzatishga kulay bo`lgan signalga aylantiruvchi moslama.
Siljishni kompensasiyalashga asoslangan signali o`zgartirgich
- o`lchanayotgan
parametrga proporsional bo`lgan siljishni kompensasiyalash yo`li unifikasiyalangan
signalga o`zgartirishga muljallangan moslama.
Signallash
– bu nazorat qilinayotgan ob’ekt faoliyati haqidagi ma’lumotlarni
operator yoki xizmat ko‘rsatuvchi personallarga tushunarli bo‘lgan shartli signallarga
o‘zgartirib berish.
Chastota - o
‘zgaruvchan tizimlarida-Gers (sikllarda sekundlar) bilan ifodalangan
tok yo‘nalishini o‘zgartirish chastotasi. Vaqt birligiga mos keluvchi to‘liq to‘lqinli
sikllar soni.
Teskari aloqa
– bu tizimning keyingi bo‘g‘inlaridan
birining oldingisiga
beradigan ta’siri.
To‘g‘ri (bevosita) aloqa
- bu tizimning har bir oldingi elementini keyingisiga
beradigan ta’siri.
To‘liq avtomatlashtirish
– nazorat va boshqaruv tizimlaridan tortib ishlab
chiqarishning barcha asosiy va yordamchi hududlari avtomatlashtiriladigan
yuqori
darajadagi avtomatlashtirish. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra avtomatlashtirish
quyidagi asosiy turlarga tasniflanadi: boshqaruv, nazorat, signallash, blokirovkalash,
rostlash.
Teleboshqaruv tizimi
- o‘zida maxsus signallarni jo‘natish yo‘li bilan turli xil
buyruqlarni masofaga uzatishni ta’minlovchi qurilmalar to‘plamini namoyon etadi.
Bunday tizimlarning signallari qabul qilinganda boshqarish ob’ektlarining turli
zanjirlariga ta’sir etishi lozim bo‘lgan signallarga o‘zgartiriladi.
Telenazorat tizimi
- ob’ektdan axborot qabul qilish punktiga maxsus signallarni
jo‘natish yo‘li bilan ob’ekt holatlari yoki unda yuz berayotgan
jarayonlar haqidagi
axborotlarni masofaga uzatish va qabul qilishni amalga oshiradi.
Telemexanika
– bu texnika fanlarining harakatchan va qo‘zg‘almas ob’ektlarning
holatlarini masofadan nazorat qilish va boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan savollar
majmuini tadqiq qiluvchi sohasi. Telemexanikaning asosiy tushunchalariga
telemexanik tizim, teleboshqaruv, telenazorat, aloqalar kanali.
261
Telemexanik tizim
deb harakatchan va qo‘zg‘almas ob’ektlarning holatlarini
masofadan nazorat qilish va boshqarishni ta’minlovchi tizimga aytiladi.
Texnologik yacheyka
– bu markaziy EHM ga umumiy ABT bilan birlashtirilgan
RDB
(raqamli
dasturiy
boshqarish)
li
dastgohlar
guruhi,
avtomatik
manipulyatsiyalash, transport va to‘plash qurilmalaridan
iborat avtomatlashtirilgan
ishlab chiqarish majmuasi bo‘lib, ma’lum turdagi detallarga to‘liq yoki qisman ishlov
berishni ta’minlaydi.
Texnologik tizim
- jarayon sodir buladigan muhit, apparat va h.k.
Tizimli tahlil usuli
- katta tizim kichik tizimlarga bo`linib, kichik tizimlar alohida
o`rganiladi va ularda olingan natijalar umumlashtirilib katta tizimni o`rganish uchun
qo`llaniladi.
Toydiruvchi ta`sir-
boshqariluvchi kattalikning berilgan o`zgarish qonunini
buzuvchi ta`sir.
Xotira qurilmalari
- dastlabki ma`lumotlarni,
hisoblashlarning oraliq
qiymatlarini, doimiy kattaliklarni, funksiyalar qiymatlarini, programmaga tegishli
komandalarni, masala natijalarini xotirada saqlash, shuningdek jarayonor bilan tashqi
manbalar ishini muvofiqlashtirish uskunalari
Uzluksiz jarayon
– tuxtamasdan davriy bajariladigan jarayon.
Uzatish funksiyasi
-boshlang`ich shartlar nolga teng bo`lgan vaqtda
W(p)
operator
shaklidagi chiquvchi kattalikning kirish kattaligiga nisbati.
Unifikasiyalangan elektr
signali
- 0-5 ma, 4-20 ma, 0-10 V chegarada o`zgaruvchi elektr signallar .
Unifikasiyalangan pnevmatik signal
- 0,02-0,1 MPa chegarada o`zgaruvchi
pnevmatik signal
Egiluvchan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish (EAICh) tizimi
yangi
mahsulotlarni avtomatlashtirilgan loyihalash hamda yagona va kichik seriyali ishlab
chiqarish sharoitlarida avtomatlashtirilgan holda ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
Yangi mahsulotlar chiqarishda EAICh tizimiga o‘tish, jihozlarni qo‘l mehnati
yordamida qayta o‘rnatishlarsiz, dasturiy vositalar orqali amalga oshirishni
ta’minlaydi.
Faoliyat ko‘rsatish algoritmi
deb biror qurilma yoki qurilmalar majmuasi (tizimi)
dagi texnologik jarayonning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlab beruvchi buyruqlar
to‘plamiga aytiladi.
Ekstremal tizimlar
deb tizimlar ishini optimallik mezoni deb ataluvchi biror-bir
ko‘rsatkichlarning ekstremal qiymatlari ta’minlangan tizmlarga aytiladi.
Elektr bo‘lmagan kattaliklar va elektr o‘zgartkichlari.
Kirishdagi o‘lchangan
qiymat turiga qarab, elektr o‘lchovlari uchun o‘lchash o‘zgartirgichlari
elektr
miqdorlarining
o‘zgartirgichlari
va
elektr
bo‘lmagan
miqdorlarning
o‘zgartirgichlariga bo‘linadi.
262
O’zi moslashuvchi tizim
– bu shunday avtomatik boshqarish tizimiki, uning
tarkibida qo‘shimcha avtomatik qurilma mavjud bo‘lib,
bu qurilma avtomatik tizim
berilgan faoliyat ko‘rsatish algoritmini to‘la amalga oshirishi uchun asosiy avtomatik
boshqarish tizimining boshqarish algoritmini o‘zgartiradi.
Qarshilik termometri
- metall o`tkazgichni issiqlikdan qarshiligini o`zgarishiga
asoslanib ishlaydigan asbob
Qalqovich
- sath o`lchashda ishlatiladigan suzgich.
Qo`shuvchi drossel
- o`zgarmas va o`zgaruvchan drossellardan chiqqan
signallarni qo`shuvchi moslama.