Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

Izodrom vaqti (Tm)
- rostlash organini, rostlagichning, P-qismi hisobiga 
siljishiga teng, I-qismi hisobiga siljishiga ketgan vaqti. 
Ikkilamchi asbob 
- birlamchi asbobdan kelayotgan signalni qabul kilib, 
ko`rsatib yoki yozib boruvchi shitga o`rnatiladigan texnik vosita. 
Ijrochi qurilma (IQ) 
- rostlash ta`sir signalini qabul kilib, ob`ektga ta`sir qiluvchi 
qurilma. 
Ishchi amallar (operatsiyalar)
– bu jarayonning borishini belgilab beruvchi 
qonuniyat va xossalarga mos ravishda jarayonni amalga oshirilishi uchun zaruriy 
harakatlar. Jarayon maqsadiga erishish uchun ishchi amallar boshqa turdagi amallar – 
boshqaruv amallari bilan tashkil etilishi va yo‘naltirib turilishi lozim. 
Ishlab chiqarishni boshqarish
– bu biror-bir fizik yoki informatsion jarayonning 
yuz berishi va ularning ma’lum maqsadga erishishini ta’minlovchi informatsion 
jarayon. 
Jarayon 
- belgilangan tizimda bo`ladigan va tizim holatini o`zgartirib turadigan 
kurib va ushlab bulmaydigan xodisa va sabablar mujassamligi. 


259 
Qisman avtomatlashtirish
– bu ma’lum texnologik jarayonlar o‘zining 
murakkabligi yoki tezkorligiga ko‘ra inson uchun amalga oshirib bo‘lmaydigan 
hollarda amalga oshiriladigan alohida ishlab chiqarish amallarini avtomatik bajarish. 
Kibernetika
boshqarish jarayonlari, axborotlarni mashinalarga, tirik 
organizmlarga va ularning birikmalariga uzatilish qonuniyatlari haqidagi fan. 
Zamonaviy 
kibernetika 
qator 
mustaqil 
ilmiy 
yo‘nalishlarni birlashtiradi. 
Kibernetikaning asosiy bo‘limlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: axborotlar 
nazariyasi, avtomatik boshqaruv nazariyasi va boshqarish tizimlari nazariyasi.
Kodlash
– bu shovqinlar bo‘lganida yoki uzatish tizimi raqamli hisoblash 
qurilmalaridan tashkil topganda kanal bo‘yicha turli tarkibdagi axborotlarni 
uzatishning asosiy usuli. 
Kontroller -
datchiklardan olingan axborotlardan foydalangan holda va uni ijro 
mexanizmiga uzatish orqali ma`lum algoritmga ega bo`lgan fizik jarayonlarni 
boshqaruvchi qurilma (ingliz tilida “control” - boshqaruv, z rus tilida “kontrol” – 
hisobga olish, tekshirish, nazorat). 
Mantiqiy qurilmalar. 
Logik qurilmalar qurilmaning chiqish qurilmalari (relelar, 
tranzistor klavishlari va h.k.) orqali o‘zgartkichlarga beriluvchi foydalanuvchi 
tomonidan o‘rnatilgan parametrlarga mos ravishda boshqarish signallarini hosil 
qiladi.). Materialda qaysi o‘lchash-o‘lchagichlarda foydalanuvchi tomonidan mantiqiy 
qurilmalarning qanday ish rejimini o‘rnatish mumkinligi tushuntiriladi. 
Mantiqiy o`zgaruvchi
- faqat ikkita 0 va 1 qiymatlarini qabul qiluvchi kattalik.
Mantiqiy funksiya -
argumentlari faqat 0 va 1 qiymatlarni qabul qiluvchi 
funksiya. 
Mantiq algebrasi
- 0 va 1 qiymatlarini qabul qilib, o`zgaruvchan kattaliklar
o`rtasidagi bog`liqlikni o`rganadigan analiz va sintez matematik apparati. 
Magnitoelektrik kuch mexanizmi
- mexanizm galtagidan utayotgan tok 
qiymatiga karab aks ta`sir kuchini ishlab chiqaradigan moslama.
Matematik model
- ma`lum bir jarayonni mazmunan to`g`ri ifodalaydigan 
matematik tenglama yoki tenglamalar tizimi . 
Majmuaviy avtomatlashtirish
– hudud, tsex, zavod, elektr stansiyasi va shu 
kabilarni, xuddi yagona o‘zaro bog‘liq majmua sifatida qarab, barcha asosiy ishlab 
chiqarish amallarini avtomatik tarzda amalga oshirish.
Membranali IQ
- pnevmatik IQlarda rostlash ta`sir signalini qabul kiluvchi 
sezgir elementi membrana bo`lgan IK. 

Download 7,42 Mb.
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mexanizasiyalash muhandislar instituti milliy tadqiqot universiteti

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish