41
Lamella o‘zgaruvchan o‘tkazuvchan va o‘tkazmaydigan elementlar bilan
tuzilgan bo‘lib, unda tok yig‘uvchi kontaktli siljish sodir bo‘ladi (4.9-rasmga qarang).
Tok yig‘uvchi bir o‘tkazgich elementidan ikkinchisiga o‘tganda unga ulangan
rezistorlarning umumiy qarshiligi bir qarshilikning nominal qiymatiga mos qiymat
bilan o‘zgaradi. Qarshiliklarning o‘zgarishi keng doirada sodir bo‘lishi mumkin.
O’lchash xatoligi kontakt maydonlarining o‘lchami bilan aniqlanadi.
3.2.2 - rasm. Lamelli potensimetrik o‘zgartkich
Potensiometrik datchiklarda kirish miqdori; ya’ni surgich siljishi chiziqli yoki
burchak siljishi bo‘lishi mumkin, chiqish miqdori esa reostat qarshiligi miqdoriga
bog‘liq bo‘ladi (3.2.3 - rasm). Potensiometr surgichi detal bilan bog‘langan bo‘lib uni
siljishi elektr zanjiri qarshiligini o‘zgartiradigan bo‘ladi.
3.2.3 - rasm. Reostatli datchik. (a to‘g‘ri karkasli;
(b halqasimon karkasli; c) tavsifi.