46
Kontaktli datchiklarning afzalliklari:
•
Soddalikligi;
•
Avtomatlashtirish tizimlarida keng foydalanilishi.
Kamchiligi:
•
Uzluksiz nazoratni amalga oshirish murakkabligi;
•
Kontakt guruhining cheklangan xizmat muddati.
§ 3.2.3. Tenzometrik datchiklar
Bu datchiklarni ishlashi mexanik zo‘riqishlar
va silqinishlar natijasida
o‘tkazgich va yarim o‘tkazgichlarni aktiv qarshiliklarini o‘zgarishiga asoslangan.
O’zgarmas harorat uchun o‘tkazgich qarshiligi R quyidagilarga bog‘liq:
𝑅 = 𝜌
𝑙
𝑆
,
(3.7)
bu
erda,
ρ
–
o‘tkazgichning
solishtirma
qarshiligi
Om
mm/m
2
,
ℓ - o‘tkazgichning uzunligi m
,
S – o‘tkazgichning kesim yuzasi, mm
2
.
Siqilganda
material uzunligi, kesim yuzasi va
uni solishtirma qarshiligi
o‘zgaradi. Ma’lumki, o‘tkazgich qarshiligi nisbiy o‘zgarishi
uni nisbiy siljishiga
proporsional, ya’ni
∆𝑅
𝑅
= 𝛾
∆𝑙
𝑙
(3.8)
bu erda γ – qo‘llanilgan material tenzosezgirlik koeffitsiyent.
Tenzodatchik zigzaksimon ko‘rinishdagi ingichka konstantin simdan (diametri
0,01-0,05mm
2
) iborat bo‘lib, ikkala tomonidan yupqa qog‘oz
yopishtiriladi
(3.4.1 – rasm, a).
47
3.4.1- rasm. Tenzodatchik (a), uni tavsifi (b), (s)
ulanish sxemasi va (d)
umumiy ko‘rinishi
Tenzodatchiklar - qattiq jismning o‘lchanayotgan elastik deformatsiyasini elektr
signaliga aylantiruvchi qurilmalardir. Bu uning geometrik o‘lchamlari cho‘zilish yoki
siqilishdan o‘zgarganda datchik o‘tkazgich qarshiligining o‘zgarishiga bog‘liq. U
detalga elim bilan mustahkam qilib yopishtiriladi va detal bilan birgalikda siqiladi yoki
cho‘ziladi. Tenzodatchik simlarini uchlari folgalar orqali o‘lchov sxemalariga ulanadi.