63
§ 5. AVTOMATIKA RELELARI VA ULARNING TASNIFI
§ 5.1. Rele haqida umumiy tushunchalar
Rele
deb, ma’lum bir kirish signali o‘zgarganda chiqish
signali sakrashsimon
o‘zgaruvchi moslamaga aytiladi. Rele avtomatlashtirish tizimlarida eng ko‘p
qo‘llaniladigan boshqaruv elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’sir
qiladigan fizik
kattaliklariga qarab ular elektr, mexanik, magnit, issiqlik, optik, radioaktiv, akustik va
kimyoviy relelarga bo‘linadi.
Relelarning asosiy ko‘rsatkichlari
Relelarning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar kiradi:
1.
Ishga tushish ko‘rsatkichi - relelarni ishga
tushish paytidagi kirish
kattaligining eng kichik qiymati.
2.
Qo‘yib yuborish ko‘rsatkichi-relening oldingi
holatiga qaytishi uchun
zarur bo‘lgan kirish kattaligining eng katta qiymati.
3.
Qaytish koeffitsiyenti.
4.
Ishchi parametri - rele uzoq vaqt ishlashi uchun zarur bo‘lgan kirish
kattaligining nominal ish tartibidagi qiymati.
5.
Zaxira (zapas) koeffitsienti.
6.
Kuchaytirish koeffitsienti – boshqaruv quvvatini
kirish signalining eng
kichik qiymati, ya’ni releni ishga tushishi uchun etarli bo‘lgan qiymatga
nisbati.