Elektron va ion relelari bevosita kuchlanish yoki tok kuchi natijasida hosil
bo‘ladigan sakrashsimon o‘zgarishlar ta’sirida ishlaydi.
Elektroissiqlik relelari harorat o‘zgarishi ta’sirida ishlaydi. Ularning ish prinsipi
yuqorida ko‘rib chiqilgan bimetallik va bilatomitrik datchiklarning ish prinsipiga
o‘xshash bo‘ladi.
Rezonans relelari ish prinsipi elektrik tebranish tizimlarda hosil bo‘ladigan
rezonasga asoslangan.
§ 5.3. Elektromagnit relesi Elektromagnit relesi. Kibernetika va avtomatlashtirish tizimlarining asosiy
tarkibiy qismi kommutatsiya jarayonlaridir. Avtomatik elektr sxemalarda
kommutatsiyani amalga oshiruvchi dastlabki qurilmalar elektromagnit relelar edi.
65
Texnologik taraqqiyot tufayli yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichlar paydo bo‘ldi.
Biroq elektromagnit relelar turli elektr uskuna va qurilmalarda foydalanish uchun
ommaviyligini yo‘qotmaydi. Relelardan keng foydalanish metall kontaktlarning
xususiyatlarini o‘z ichiga olgan ularning ba’zan afzalliklaridan kelib chiqadi.
Rele kontaktlarining qarshiligi yarimo‘tkazgich elementlari asosidagi
kommutarorlardan farqli ravishda kichikdir. Kontaktli relelar tok yuklamalarini yarim
o‘tkazgichli kommutatorlarga nisbatan haddan ortiq bardosh berishi mumkin. Relelar
statik elektr, radiatsion nurlanish ishtirokida normal ishlaydi. Relening asosiy ijobiy
sifati qo‘shimcha elementlarsiz boshqarish va kommutatsiya zanjirlarining galvanik
izolatsiya qilinganligidadir.
Elektromagnit relelarning asosiy turlari Ijro elementlarining konstruktion xususiyatlariga ko‘ra elektromagnit relelarga
quyidagi turlariga bo‘linadi:
•
Elektr kontaktlarning bir guruhi tomonidan elektr zanjirga ta’sir etuvchi
kontakt relelari. Ularning ochiq yoki yopiq holati chiqish elektr
yuritmasining kommutatsiyasini (uzilishini yoki ulanishini) ta’minlashi
mumkin.
•
Kontaktsiz
relelar
tok
va
kuchlanishning
elektr
zanjirning
parametrlarining keskin o‘zgartirishi tufayli (sig‘im, induktivlik,
qarshilik) elektr yuritmasining kommutatsiyasini ta’minlashi mumkin.
Qo‘llanish doirasiga ko‘ra:
•
Signal tizimlari.
•
Himoya.
•
Zanjirni boshqarish.
Boshqaruv signallari quvvati bo‘yicha:
•
Yuqori quvvat 10 Wtt dan ortiq bo‘lgan.
•
O’ta quvvatli 1-9 Wt.
•
Kam quvvatli 1 Wt gacha.
Boshqaruv tezligi bo‘yicha:
•
0,001s dan kam bo‘lmagan inersiyali.
•
Yuqori tezlikdagi 0.001-0.05 s.
•
Sekin-harakatdagi 0.05 -1 s.
•
Rostlanishi.
66
Nazorat kuchlanishi turi bo‘yicha:
•
O’zgaruvchan tok.
•
O’zgarmas tok (qutblangan va neytral).