Elektromagnit relelarning tuzilishi va ishlash prinsipi




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/177
Sana18.09.2024
Hajmi7,42 Mb.
#271609
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

Elektromagnit relelarning tuzilishi va ishlash prinsipi
Elektromagnit rele tuzilishini uning alohida tarkibiy qismlariga quyidagicha 
ajratish mumkin:

Birlamchi (sezgir) element elektr boshqarish signalini magnit kuchga 
aylantiradi. Odatda, bu element g‘altak hisoblanadi. 

Oraliq element bir necha qismdan iborat bo‘lishi mumkin. U ijro 
mexanizmini harakatga keltiradi. Bunday element yakor hisoblanadi 
harakatlanuvchi kontaktlar va prujina bilan. 

Ijro 
etuvchi 
element elektr zanjirga ta’sir uzatishni amalga oshiradi. Bu 
element ko‘pincha releli kuch kontaktlari guruhidir. 
Elektromagnit relelar juda oddiy ishlash prinsipiga ega bo‘lganligi tufayli, 
natijada ularning ishonchliligi ortgan. Ular himoya va avtomatlashtirish 
mexanizmlarida ajralmas elementlardir. Relening harakati prujina orqali elektr toki 
g‘altakdan oqganda metall o‘zagida paydo bo‘ladigan elektromagnit kuchlarni 
qo‘llashdan iborat. 
Rele elementlari yopiluvchi qopqoq taglikka o‘rnatiladi. Kontaktli harakatchan 
plastinka (yakor) elektromagnitning o‘zagi ustiga o‘rnatiladi. Bir necha 
qo‘zg‘aluvchan kontaktlar bo‘lishi mumkin. Ularning ro‘parasida tegishli juft 
qo‘zg‘almas kontaktlar joylashgan bo‘ladi.
5.1-rasm. Elektromagnit rele sxemasi 


67 
1-Rele g‘altagi 
2-O’zak 
3-Sterjen 
4-Qo‘zg‘aluvchan yakor 
5-Kontakttlar guruhi 
6-Prujina 
7-G’altak elektr ta’minoti 
Dastlabki holatda prujina harakatlanadigan plastinani ushlab turadi. Kuch 
ulanganda elektromagnitni ishga tushiradi va bu plitani tortadi, bu esa prujinaning 
kuchidan ortiq bo‘ladi. Rele qurilmasiga qarab kontaktlar ochiladi yoki yopiladi. Elektr 
manba o‘chirilgandan so‘ng yakor prujina ta’sirida asl holatiga qaytadi. 
Ularning ish prnsipi g‘altakdagi magnit maydoni bilan ferromagnit yakordan 
oqib o‘tadigan tok kattaligining bir-biriga nisbatan ta’siriga asoslangan. 
Elektromagnitli relelarda qabul qiluvchi organ chulg‘amlar bo‘lib, uning kontaktlari 
ulovchi qismi hisoblanadi. Bu relelar o‘z navbatida kiruvchi tok turiga ko‘ra neytral 
elektromagnit va qutbli relelarga ajratiladi. Elektromagnitli relelar o‘zining soddaligi 
va yuqori konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra keng tarqalgan (ochiq kontaktlarning 
juftlari orasidagi qarshilik 1

10
-1
…1

10
-8
Om, yopiq holda ega 1

10
-1
… 

10
-3
Om). 

Download 7,42 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektromagnit relelarning tuzilishi va ishlash prinsipi

Download 7,42 Mb.
Pdf ko'rish