• Ruxsat etilgan chegaraviy tok
  • Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish
  • Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat
  • Magnitoelektrik
  • Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari




    Download 7,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet38/177
    Sana18.09.2024
    Hajmi7,42 Mb.
    #271609
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   177
    Bog'liq
    hxdyWc64rxc4ylSk9H8CT0vh6AhFuTBsvP6yTtUW

     
    Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari 
    Relelarning puxtaligi va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan 
    kontaktlarga 
    bog‘liq
    . Relelarning kontaktlari quyidagi ekspluatatsion ko‘rsatkichlar 
    bilan tavsiflanadi. 
    Ruxsat etilgan chegaraviy tok
    – I
    p.e.
    .
    Bu ko‘rsatkichkontaktlar qizib o‘zining 
    fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini yoqotmaydigan harorat bilan aniqlanadi. Ruxsat 
    etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontaktlarning qarshiligini kamaytirib, 
    ularning sovitish yuzasini oshirish kerak. 
    Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish
    – U
    p.e.
    . Kontaktlar o‘rtasidagi 
    izolyatsiyani va kontaktlararo masofada teshib o‘tish kuchlanishi bilan aniqlanadi. 


    64 
    Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat
    – R
    p.e.
    Bu ko‘rsatkich kontaktlar ajralish 
    jarayonida turg‘un - yoyni (dugani) hosil qilmaydigan zanjirning quvvati bilan 
    aniqlanadi. 
    Kontaktlarning ish rejimini engillashtirish maqsadida kontaktlarga yoki 
    Chulg‘amga shunt sifatida qo‘shimcha elementlar ulash maqsadga muvofiqdir. 
    Chulg‘amning induktivligi hisobiga yig‘ilgan magnit energiyasi kontaktlararo 
    masofada sarflanmasdan, rezistor va kondensator yoki сhulg‘amning o‘zida sarflanadi. 
    Rezistor qarshiligi cho‘lg‘amning aktiv qarshiligidan 5-10 barobar katta bo‘lishi kerak. 
    Kondensatorning sig‘imi esa S = 0,5 - 2,0 mkf. 
     
    § 5.2. Avtomatika relelari va ularning klassifikatsiyasi
    Ish prinsipi bo‘yicha elektr relelari o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: 
    Elektromagnit
    relelarida chulg‘amdan o‘tayotgan tok ta’sirida magnit maydon 
    hosil bo‘lib yakorning va kontaktlarning holati o‘zgartiriladi. 
    Magnitoelektrik
    relelarda chulg‘am ramka ko‘rinishida bajarilib, o‘zgarmas 
    magnit maydonida joylashtirilgan. Chulg‘amdan tok o‘tayotganda ramka prujinaning 
    kuchini engib harakatga keladi va kontaktlarning holatini o‘zgartiradi. 
    Elektrodinamik
    rele ish prinsipi bo‘yicha magnitoelektrik relega o‘xshash lekin 
    undagi magnit maydoni maxsus uyg‘otish chulg‘ami bilan hosil etiladi. 
    Induksion 
    relening ish prinsipi relening chulg‘ami hosil qiladigan o‘zgaruvchan 
    magnit oqimi va harakatlanuvchan diskda hosil bo‘ladigan tok o‘zaro ta’siriga 
    asoslangan. 
    Ferromagnit
    relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi, magnit maydoni 
    kuchlanganligi) yoki ferrodinamik materiallarining magnit tavsifnomalari o‘zgarishi 
    ta’sirida ishlaydi. 

    Download 7,42 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   177




    Download 7,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari

    Download 7,42 Mb.
    Pdf ko'rish