35
Ko‘chish, kuch yoki bosimni elektr qiymatiga aylantirish asosiy II (o‘lchash)
o‘zgartirkich orqali amalga oshiriladi.
Datchikning chiqish o‘zgartirkichi III asosiy o‘zgartirkichning chiqish
parametrlarini o‘lchash kuchaytirgichi bilan moslash vazifasini bajaradi.
Tizimli ravishda ishlab chiqilgan har uchala element nazorat ob’ekti va o‘lchash
sxemasiga ulanadi va datchikni hosil qiladi.
Datchik ikkita (I+II) bog‘lanishdan yoki bitta (I) bog‘lanishdan iborat bo‘lishi
mumkin. Bitta bog‘lam (birlamchi o‘zgartirkich) dan iborat datchikga harorat datchigi
- termopara misol bo‘ladi.
Umuman datchikni sezgir elementi (SE) va o‘zgartirkich (O’Z) sifatida ifodalash
mumkin.
3.1.4 - rasm.
Analogli o‘lchash asbobining tuzilish sxemasi
Analogli o‘lchash vositalari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar
va umuman o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi
asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funksional) ravishda o‘lchanayotgan
kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu turdagi asboblarning struktura sxemasi 3.1.4 -
rasmda ko‘rsatilgan.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash
asboblari, (xususan elektromexanik
asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan iborat
deb qarash mumkin. O’lchash zanjiri (1) o‘lchanadigan elektr kattalikni (kuchlanish,
quvvat, chastota va hokazoni) unga proporsional bo‘lgan va o‘lchash
mexanizmiga
ta’sir qiluvchi kattalikka o‘zgartirib beradi. O’lchash mexanizmi (2) unga beriladigan
elektr energiyasini qo‘zg‘aluvchan qicm va u bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkich
harakatining mexanik energiyasiga aylantirib beradi va (3) qayd etish qurilmasiga
uzatadi.
Elektromexanik
o‘lchash
mexanizmlari magnitoelektrik, elektromagnit,
elektrodinamik, induksion va elektrostatik mexanizmlardan iborat bo‘ladi. O’lchash
asboblari qaysi tizimga taalluqli mexanizmdan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, asbob
qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanishi elektromagnit
maydon energiyasining
o‘zgarishiga bog‘liq.