30
tabiiy kirish parametrini ajratib olish mumkin. Turiga ko‘ra so‘nggi o‘zgartkichlarni
ikkita katta guruhga ajratish mumkin: birinchisi – generatorli (
)
(
x
f
e
=
chiqish
kattalikli) yoki
)
(
x
f
i
=
va ikkinchisi –
const
Z
ички
=
ichki qarshilikli, bu erda ye va
i
–
mos ravishda EYUK va tok,
x
– chiziqli ko‘chish.
Elektron-hisoblash texnikasi va avtomatikaning jadal rivojlanishini hisobga
olgan holda informatsion ta’minotda
umumlashtirilgan atama, ya’ni «informatsion
o‘zgartkichlar
»
atamasidan foydalanish lozim (informatsion o‘zgartkich «IO’
»
).
Umuman olganda ixtiyoriy turdagi datchiklar va o‘lchagichlar o‘lchash, ishlov berish,
rostlash va boshqarish maqsadida qidirilayotgan kattalik haqidagi informatsiya
(axborot, ma’lumot) larni ta’minlab beradi. Informatsion o‘zgartkichlarga
quyidagi
talablar qo‘yiladi:
•
yuqori sifatli tavsiflar: sezgirlik, aniqlik,
chiziqlilik, tiklanuvchanlik,
ko‘rsatishlarni takroriyligi, javobning tezligi, o‘zaro almashuvchanlik, gisterezisning
yo‘qligi va h.k.;
•
yuqori ishonchlilik: xizmat ko‘rsatish muddatining uzoqligi, tashqi muhitlarga
turg‘unlik, ish vaqtida buzilib qolmaslik;
•
texnologik parametrlarining yaxshiligi: massa va gabarit o‘lchamlarining
kichikligi, konstruksiyasining soddaligi, tannarxining pastligi.
Sanab o‘tilgan barcha talablarni qanoatlantiruvchi IO’
ni tayyorlash katta
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Biroq, IO’ EHM bilan birgalikda qo‘llanilganda
ularning kamchiliklarini ma’lum qismini mashinaning hisoblash va mantiqiy
imkoniyatlari orqali kompensatsiyalash mumkin. Xususan, EHM yordamida IO’ ning
nochiziqli
tavsiflari chiziqlantiriladi, datchikning shovqinlari pasaytiriladi,
odatda
qo‘shimcha ishlatish vaqtida o‘zgaradigan nol nuqtasi va sezgirlik to‘g‘rilanadi, atrof-
muhit haroratining ta’siri kompensatsiyalanadi, IO’ni avtomatik diagnostikasi amalga
oshiriladi.