31
turli o‘lchov
sistemalarining, biror jarayonlarni avtomatik
nazorat qilish yoki
boshqarish sistemalarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
O’lchanyotgan kattalik keltirilgan o‘lchash o‘zgartkichi
birlamchi o‘zgartkich
deyiladi, ko‘pincha
«datchik»
deb yuritiladi. Uning bevosita o‘lchanayotgan kattalik
ta’siridagi qismi
sezuvchan element
deyiladi.
Masalan:
termoelektrik
termometrda termojuft, monometrik termometrda
termoballon ana shunday elementlardir.
O’lchov asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan
kattalikning turiga qarab
tegishli nomlarga ega bo‘ladi.
Ayrim o‘lchov vositalari va o‘lchov sistemalarida
tashqari murakkab
informatsion o‘lchov sistemalari ham qo‘llaniladi. Ular ko‘plab nuqtalarda avtomatik
o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki o‘lchash natijalarini berilgan
algoritmlar bo‘yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi.
Texnologik o‘lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan
qisqacha quyidagicha
ifodalash mumkin:
«Nimani, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?».
Shuning uchun, bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o‘lchash
usullari va
o‘lchashlarning eng keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: