29
§ 3. AVTOMATIKADA ISHLATILADIGAN PARAMETRIK DATCHIKLARI
VA ULARNING KLASSIFIKASIYASI
§ 3.1. O’zgartkichlar haqida umumiy ma’lumotlar
O’zgartkich (Datchik)
– tahlil qilinayotgan muhit ta’sirlarini qabul qilib, uni
o‘lchovchi va aloqa kanali bo‘yicha axborotlarni uzatish
uchun qulay parametrga
o‘zgartirib beruvchi qurilma. Qator hollarda datchiklarning funksiyalari ikkita alohida
qurilmalar orqali amalga oshirish mumkin. Bularning birinchisi – nazorat-o‘lchov
asboblari yoki
birlamchi o‘zgartkichlar
deb ataluvchi, faqatgina o‘lchashlarni amalga
oshiruvchi qurilmalar hamda ikkinchisi – o‘lchanayotgan
kattalikni faqatgina
o‘zgartiruvchi,
o‘zgartkich
deb nomlanadigan qurilmalardir. Masalan, pnevmoelektrik
o‘zgartkich, faqatgina havo bosimini elektr toki kuchlanishiga o‘zgartirib beradi.
Xorijiy adabiyotlarda «datchik» atamasi o‘rnida ko‘proq
«
sensor
»
atamasi
ishlatiladi (ingliz tilida
«cense»
so‘zi sezgi, his-tuyg‘u, sezmoq, his qilmoq ma’nolarini
bildiradi).
Bizning adabiyotlarda
«
datchik
»
atamasining ekvivalenti bo‘lgan
sezgir
element, o‘lchash o‘zgartkichi, o‘lchagich va shu kabi atamalar ishlatiladi.
Hozirgi kunda sanoatda o‘lchash vositalarining
taxminan quyidagi taqsimoti
mavjud: harorat-50 %, sarf (hajmli va massali) - 15 %, bosim-10 %, sath - 5 %, miqdor
(massa, hajm) - 5 %, vaqt - 4 %, elektr va magnit miqdorlar - 5 %.
Bajarilgan
o‘lchashlar hajmi juda katta bo‘lishi mumkin.
O’lchash o‘zgartkichlarning turlar soni o‘lchangan qiymatlar sonidan sezilarli
darajada oshadi, chunki bir xil fizik miqdorni har-xil tuzilishdagi
turli usullar va
datchiklar bilan o‘lchash mumkin.