32
Naychasimon prujina uchining siljishi o‘qning burilish burchagiga o‘zgaradi:
Δl
→Δφ
- bu o‘zgartirishning ikkinchi bosqichidir. O’kda strelka mavjud bo‘lib, uning
uchi bo‘linmali shkala bo‘yicha siljiydi - bu o‘zgartirishning uchinchi bosqichidir
Δφ→Δa
, u o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini olishga imkon beradi.
Umumiy holda hamma o‘zgartirishlarni bunday yozish mumkin:
∆
𝒑
→ ∆
𝒍
→ ∆
𝝋
→ ∆
𝒂
O’lchash o‘zgartkichi
- o‘lchashlar vositasi sifatida o‘lchash o‘zgartirishi
ΔR→Δa ni amalga oshirishga imkon berdi.
Kattalikning ketma-ket o‘zgartirishlar qatoridan bittasi yuz beradigan o‘lchash
vositalari elementi o‘zgartirish elementi deb ataladi. O’zgartirish
elementi har doim
ham konstruktiv ajralib turmaydi, ya’ni o‘lchash vositasi
tuzilishining ayni bitta
elementi ikki va undan ortiq o‘zgartirish elementiga ega bo‘lishi mumkin.
O’lchash axboroti signali hamma o‘zgarishlarining amalga oshishini
ta’minlovchi o‘zgartirish elementlari to‘plami o‘lchash vositasining
o‘lchash maqsadi
deyiladi.
Datchik
- fizik o‘lchanayotgan miqdorga ta’sir etganda, odatda, o‘lchanayotgan
miqdorning funksiyasi bo‘lgan elektr tabiatli (zaryad, tok, kuchlanish yoki empedans)
ekvivalent signal chiqaradigan qurilma:
s = f(m).
(3.1)
Bu erda:
S
-datchikning chiqish qiymati,
m
- esa kirish qiymati.
S qiymatini o‘lchash orqali m ning qiymatini aniqlash mumkin.
3.1.2 -rasm. O’zgartkichning umumiy sxema ifodasi
O’lchov asboblari va o‘zgartkichlari o‘lchanayotgan
kattalikning turiga qarab
tegishli nomlarga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatuvchi analog o‘lchov asboblarining sanoq qurilmasi shkala
ko‘rsatkichdan tuzilgan. Shkaladagi sonli qiymatlar ko‘rsatilgan
belgilar shkalaning
sonli belgilari deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgilari orasidagi oraliq shkalaning
bo‘linmasi deyiladi. Shkalaning ikki qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari
ayirmasi shkala bo‘linmasining
qiymati
deyiladi.
33
Ayrim o‘lchov vositalari va o‘lchov sistemalarida
tashqari murakkab
informatsion o‘lchov sistemalari ham qo‘llaniladi. Ular ko‘plab nuqtalarda avtomatik
o‘lchashni amalga oshirishnigina ta’minlab qolmay, balki o‘lchash natijalarini berilgan
algoritmlar bo‘yicha zarur qayta ishlashni ham bajaradi.