Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/120
Sana16.12.2023
Hajmi9,23 Mb.
#121051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
137 ЗГА-Дарслик-2020-5
protokl, Hello everyone, Документ Microsoft Word, NAMUNA, Mavzu, 7-laboratoriya (1), 11-маъруза, Bojxona ishi referat.yangi TAXRIRI, Moliya maruza referat M.Sharobiddinov, GuideIPru (1), 3922100824, Хулоса Моддий ёрдам учун, 10-MA\'RUZA (2), bb2e81c9-6072-428a-89b5-f96b9cc5db0f, 16 Kilichev
 
 


- 4 - 
1-BOB. ELEKTRON TAXEOMETRLAR 
1.1. Tarixiy ma’lumot 
Hozirgi vaqtda geodezik asboblar bozorida elektron taxeometrlar keng 
miqiyosda taqdim etilmoqda. Eng mashxur ishlab chiqaruvchi firmalar: Ural 
optiko-mexanika zavodi (FGUP PO UOMZ), Leica Geosystems AG, Sokkia, Topcon, 
Nikon Trimble (Trimble 2001 yil fevralda Carl Zeiss va Spectra 
Precissionfirmalarini birlashtirdi) – texnik va ekspluatatsion xarakteristikalari 
bilan bir-biridan farqqiluvchi turli turdagi geodezik asboblarni taklif qilishmokda. 
Vaqt o‘tgan sari elektron taxeometrlarning funksional imkoniyatlari o‘zgarishi va 
takomillashib borish tarixini ko‘rishimiz mumkin. 
Birinchi avlod taxeometrlarida (70-80 yillar) masofa o‘lchash, yo‘nalish va 
burchaklardan sanoq olish jarayoni avtomatlashtirildi. O‘lchash natijalari 
elektron tabloga chiqarildi, lekin ularni asbobning xotirasida saqlash mumkin 
emas edi. Taxeometrning 1-avlodiga TaZM (PO UOMZ) kiradi. TaZMo‘rnatilgan 
mikroprotsessor boshkarish, tekshirish vazifasiniva oddiy hisoblash 
operatsiyalarini amalga oshiradi: qiya masofa gorizontal qo‘yilishi, nisbiy 
balandlik va koordinatalarni aniqlash. 
Keyingi avlod taxeometrlarida (80-yillar oxiri va 90 yillarning birinchi 
yarmi) o‘lchash natijalarini ma’lumotlarni jamlovchi qurilmaga yozish
keyinchalik bu ma’lumotlarni interfeys qurilma (adapter) yordamida 
kompyuterga uzatish, hamda klaviatura yordamida taxeometrga xarfli-raqamli 
ma’lumotlarni yozish imkoni tug‘ildi.Ularning tarkibida yangi yuqori tezlikli 
mikro EXMlarni va algoritmik usullarni qo‘llash o‘lchash jarayonida asbob 
xatoliklar ta’siri uchun tuzatmani avtomatik ravishda hisobga olish imkonini 
berdi. Ikkinchi avlod taxeometrlariga 2Ta5 va TS 1600(Leica AG)taxeometrlari va 
Elta (Carl Zeiss) seriyasidagi asboblar kiradi. 
Hozirgi kunda 3Ta5 taxeometrlari ishlab chiqarilmoqda, unda 
oldingilaridan farqli RSMSIA xotira kartasi mavjudligi va ma’lumotlarni IBM RS 
tipidagi kompyuterlarga bevosita uzatish imkoniyati borligidadir. U dala 


- 5 - 
o‘lchashlarni qayta ishlash uchun dasturlar paketi bilan ta’minlangan, uni 
uchinchi-avlod asboblari qatoriga qo‘shish mumkin. 
Uchinchi-avlod taxeometrlari doimiy xotiraga ega bo‘lib, (90-yillarning 2-
yarimidan hozirgi kungacha) qo‘shimcha interfeys qurilmasiz taxeometrdan 
ma’lumotlarni personal kompyuterga va aksincha uzatish imkoniyatiga ega. 
Asboblar dala jurnali funksiyasini bajaradi va dalada unumli ishlash imkonini 
bajaruvchi yordamchi dasturlarga ega, masalan, nuqtalarni joyga ko‘chirish 
dasturi; borib bo‘lmas ob’ektning balandligini aniqlash; teskari kesishtirishni 
bajarish; takrorlash usuli bilan burchak o‘lchash; burchak va masofa bo‘yicha 
siljitish bilan o‘lchashlar va x.o. Bu avlod asboblariga quyidagilar kiradi: TS600 
(Leica Geosystems AG).TS600E(geodezik asboblar Yekatirinburg), PowerSet 
(Sokkia), Elta C (Carl Zeiss), Geodimeter 600M (Spectra precision), DTM-
501/531/521 (Nikon), Trimble 3600Total Station va boshqalar. 
Rejalash ishlarini bajarish vaqtida reykachining turish joyini ko‘rsatish 
uchun DTM-501/531/521 taxeometrlari, ko‘rish trubasining korpusida 
joylashgan Limin-Guidequrilmasi bilan ta’minlangan. Uning optik o‘qi 
kollimatsion tekislikda va ko‘rish trubasining o‘qiga parallel ravishda joylashadi. 
Limi – Guide nurlanishi kollimatsion tekislikda vertikal bo‘yicha doimiy va 
pirpirab turuvchi ikkita qizil yorug‘lik nurlarga bo‘linadi. Nuqtalarni joyga 
ko‘chirishda, yordamchi, qaytargichni uzluksiz va pirpirovchi signallarni 
bo‘luvchi tekislikda o‘rnatishi lozim. Yorqin nurlar asbobdan 100 metr 
masofagacha aniq ko‘rinadi. Limi – Guidequrilmasi joyga ko‘chirish yo‘nalishni 
ko‘rsatishdan tashqari, kechki s’emkada nishonni topishga yordamlashadi va 
yuqori aniqlikda qaytargich markaziga to‘g‘rilashni ta’minlaydi. 
Zamonaviy taxeometrlar lazerli shovun va ma’lumotlarni kabelsiz 
kompyuterga uzatish uchun infraqizil portga ega. Agar kompyuter asbobdan 3 
metrdan uzoq bo‘lmagan radiusda joylashgan bo‘lsa, ma’lumotlarni infraqizil port 
orqali uzatish mumkin. Ish joyidan ma’lumotlarni ofisga uzatish uchun quyidagi 


- 6 - 
aloqa zanjirni ko’rish mumkin: Taxeometr – mobil telefon, infraqizil port va 
modem bilan ta’minlangan, - ofiskompyuteri. 
Yuqorida zikir etilgan barcha takomilashtirishlar taxeometrlarni 
mukamallashtiradi va ergonomikasini yaxshilaydi, geodezist ish unumini oshiradi 
va shu bilan birga bozorda asbobning raqobat bardoshligini oshiradi.
Topografo-geodezik ishlarni bajarishga yangicha yondoshishi 1997 yili 
bozorda paydo bo‘lgan, nishonga avtomatik to’g‘rilanuvchi va nishonni kuzatish 
imkoniyatiga ega bo‘lgan motorlashgan taxeometrlardan foydalanish bilan 
erishildi. BulargaTSA 1100 – TSA 1800 (Leica Geosystems AG), Elta S (Carl Zeiss), 
Geodimeter 600 (Spectra Precision), Trimble5600 Total Station seriyasidagi 
asboblar kiradi. Bu taxeometrlar nafaqat topo-geodezik ishlarni bajarishda va 
ko‘plab boshqa soxalarida qo‘llaniladi, masalan, yer siljishini kuzatishda, mashina 
va kemalar harakatini boshqarishda, robot texnikalarini kalibrovkalashda 
ishlatiladi.
Ko‘plab zamonaviy taxeometrlardan, masalan TRS 1100 (Leica Geosystems 
AG) va PowerSet (Sokkia)qaytaruvchi plyonkagacha (katafotlargacha) masofa 
o‘lchash imkoniyatiga ega.
Geodimeter 468 DR (Spectra Precision), Set 4110 R Sokkia, Trimble 3600 
tipida qaytargichsiz masofa o‘lchovchi elektron taxeometrlarning ishlab 
chiqarishga joriy etilishi geodezik ishlar texnologiyasini takomillashishiga olib 
keldi. Bu asboblar bilan qaytargichlarsiz yoki qaytargichli plyonkalarsiz beton, 
tosh yoki po‘lat yuzalargacha 80-100 metrgacha bo‘lgan masofani o‘lchash 
mumkin. Baland inshootlarni s’emka qilishda tunellarni profillashda, xususiy 
egalikdagi ob’ektlargacha o‘lchashlarda yoki magistrallarda transport oqimi ko‘p 
bo‘lganda qaytargichlarsiz masofa o‘lchash usulini qo‘llash juda ham qo‘l keladi. 

Download 9,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish