• Mavzuga oid savollar.
  • 3.3. Radiochastota bloki
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/120
    Sana16.12.2023
    Hajmi9,23 Mb.
    #121051
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120
    Bog'liq
    137 ЗГА-Дарслик-2020-5

    Uzatish liniyalari. Antenna qabul qilgan signallar priyomnikka koaksial 
    liniya (kabel) orqali uzatiladi. Kabel uzunligiga bog‘liq ravishda signal o‘tishi 
    susayadi, susayish darajasi ishlatilayotganda kabel tipiga va uzunligiga bog‘liq. 
    Uzun uzatish liniyalaridan kam yo‘qotishga ega bo‘lgan kabellar zarur, aks holda 
    kam shovqinli qo‘shimcha oldkuchaytirgichlar o‘rnatish kerak bo‘ladi. Signallar 
    antennalardan priyomnikka borguncha ozgina kechikish xosil qiladi. Bu kechikish 
    barcha sputniklardan kelayotgan bir vaqtdagi signallar uchun birday, shuning 
    uchun u priyomnik soat shkalalarini bir xil siljishidek ta’sir etadi. [Teunissen et 
    al., 1998; Langley, 1998a]. 
    Mavzuga oid savollar. 
    1. Antenalarda uzatish liniyalari qanday bajariladi? 
    2. Qanday tipdagi antenalar ishlab chiqarilgan? 
    3. Antenalar nechi chastotada ishlashi mumkin? 


    - 95 - 
    3.3. Radiochastota bloki 
    GPS/GLONASS priyomnikidagi radiochastota blokining ishi bu antennaga 
    kelayotgan radiochastotani oraliq chastotalar deb ataluvchi pastroq chastotaga 
    aylantirishdan iborat, sababi,ularni priyomnikni boshqa bloklarida boshqarish 
    oson. Tayanch chastotalar generatori, yuqori chastotali signallarni hosil qilish 
    uchun ko‘paytirgich, kerak bo‘lmagan chastotalarni bostirish filtrlari va 
    aralashtirgichlar (qorishtirgichlar) radiochastota blokining asosiy elementlari 
    hisoblanadi.
    Kirish signali bilan priyomnikni tarkibiy qismi bo‘lgan yordamchi 
    generator (geterodin) generatsiyalagan toza sinusoidal signalni qorishtirgichda 
    ko‘paytirish yo‘li bilan oraliq chastota olinadi.
    Ko‘pchilik sputnik priyomniklarida elektron soatlarni regulyatori 
    (boshqarib tartibga solish) vazifasini kvarsli aniq generatorlar bajardi. Ayrim 
    geodezik priyomniklarda lokal generator o‘rniga standart atom (rubidiy bo‘g‘lari, 
    seziy nurlari yoki vodorod mazeri) chastotalaridan foydalaniladi. Qorishtirgichda 
    kelayotgan a1, a2 amplitudali va turli f1, f2 chastotali ikki to‘lqin ko‘paytiriladi. 
    Soddalashtirilgan xolda bu quyidagini beradi 
    y = y
    1
    y
    2
    = a
    1
    cos(f
    1
    t) a
    2
    cos(f
    2
    t) =
    a
    1
    a
    2
    2
    [cos(f
    1
    − f
    2
    ) t + cos(f
    1
    + f
    2
    )] .(5.1) 
    Natijada kichik chastotali f
    1
    − f
    2
    va yuqori chastotali f
    1
    + f
    2
    tarkibli 
    murakkab tebranish hosil bo‘ladi. Past chastotali filtrdan o‘tgandan so‘ng to‘lqin 
    tarkibidagi yuqori chastota bosiladi. Chastotalar farqi 𝑓
    1
    − 𝑓
    2
    urishlar chastotasi 
    yoki oraliq chastotalar deyiladi. Unga yuqori chastotali signallarga nisbatan oson 
    ishlov beriladi. Oraliq signallar tarkibida yuborilayotgan signalni barcha 
    modulyatsiyalar bo‘ladi, faqat elituvchi chastota o‘zgaradi. Elituvchi chastotani 
    qadama-qadam pasaytirishda ko‘pchilik priyomniklar bir necha etapdan 
    foydalanadilar. Signallarni kuzatish sistemasida oxirgi oraliq chastota ishchi 
    chastota bo‘lib qoladi.

    Download 9,23 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   120




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish