- 100 -
saqlanayotgan uning
almanaxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, ya’ni tezligi va vaqtiga
asoslanadi. Priyomnikda xech qanday ma’lumot bo‘lmasa, yoki xolatini
baholovchi kattaliklar, tezligi va vaqti aniq bo‘lmasa, u xolda priyomnik “osmonni
tadqiq” etadi, bu bilan tasodifan bo‘lsa ham sputnik xolatini va signalni egallashni
aniqlashga xarakat qiladi. So‘ngra priyomnik navigatsion xabarni
dekodirovkalaydi va guruxdagi barcha boshqa sputniklarning almanaxi
to‘g‘risidagi axborotni o‘qiydi. Elituvchi chastotani kuzatishda elituvchi fazalarni
kuzatish zanjiridan foydalaniladi, bir vaqtni o‘zida kod kuzatish zanjiri S/A-yoki
R-kodlarni kuzatishda ishlatiladi. Sputnik signalini qabul qilish va kuzatib borish
uchun ikkala kuzatish zanjiri birgalikda (geterativ) takrorlash usulida, bir birini
to‘ldirgan holda ishlashi zarur.
Elituvchini kuzatish zanjiri priyomnikda elituvchi L1
lokal chastotani
(agar priyomnik kuzata olsa L2 chastotani ham) generirlaydi, u Dopler effekti
ta’sirida qabul qilingan chastotadan farq qiladi. Bu siljish sputnikni vizirlash
chizig‘i bo‘yicha tezligiga nisbatan proporsional bo‘ladi. Elituvchini egallashni
qo‘llab
turish uchun, elituvchini kirish chastotasi bilan ustma ust tushgunga
qadar, priyomnikda yaratilgan, elituvchi kuzatish zanjirining elituvchi
chastotasini tenglashtirishi kerak.Bu siljishni kattaligi “urish” chastotasi bo‘ladi,
uni elituvchi fazani o‘lchash natijasini davriy ravishda berib turish bilan qayta
ishlash mumkin. Bu o‘lchash natijasini hosilasi “dopler” o‘lchashi bo‘ladi, u
priyomnik tezligini aniqlashda ishlatiladi.
Bu jarayonda kodni kuzatish zanjiri qanday vazifani bajaradi? Sputnikka
kiruvchi signalni elituvchi kuzatuv zanjir egallay olishi uchun, birinchi navbatda
elituvchi signal shovqin fonida ko‘rinadigan bo‘lishi kerak. Bu, elituvchi to‘lqinni
“rekonstruksiyalash” kodlar bo‘yicha korrelyatsiyalash usulini qo‘llab,
kodlarni
kuzatish zanjiri orqali qilinadi. Kodni kuzatishni qo‘shimcha maxsuli,
psevdouzoqlikni o‘lchash bo‘ladi.
PRN-kodlar vaqtni aniq markasi (belgisi) bo‘lib, navigatsiya priyomnigini
kompyuteri sputnik yuborgan signalini ixtiyoriy qismini vaqtini aniqlaydi. Buni
- 101 -
batafsil tadqiq etishdan oldin, umumiy ko‘rinishda, sputnikdan kelayotgan signal
GPS priyomnigi ichida qanday qayta ishlanishini ko‘rib chiqish lozim. S/A-kod
bilan modullangan, priyomnikni kuzatuvchi kanalidagi elituvchi L1, lokal
yaratilgan S/A-kodni aniq nusxasi bilan ustma-ust tushiriladi. Qabul qilingan S/A-
kod shkalasiga solishtirilganda, (GPST vaqt shkalasi bilan priyomnik vaqti va
signalni sputnikdan qabul qiluvchi antennagacha yetib kelish vaqti to‘liq
sinxronlashmaganligi sababli) maxalliy S/A-kod boshqa
vaqt shkalasida ishlab
chiqariladi. Priyomnikda yaratilgan S/A-kodni keluvchi signal bilan tenglash,
kodni kuzatish sirtmog‘i, yoki “ushlanishni (kechikishni) egallovchi ilmoq”
elektronikasi bilan amalga oshiriladi. Keluvchi signal va priyomnikni S/A-ketma-
ketligi ustma-ust tushganda, binar navigatsion habar bilan modullashtirilgan,
kelayotgan elituvchi to‘lqinni qoldirib, ikkala koddan “nollar” va “birlar”
yo‘qotiladi. Bu jarayon 5.6-rasmda keltirilgan.
R-kod ketma-ketligini murakkabligi (uning uzunligi
va chiplar tezligini
yuqoriligi) sababli, GPST vaqtni va priyomnik xolatini aniq baxolamasdan turib
yuqorida bayon etilgan S/A-kodni kuzatishni sirpanuvchi korrelyatsiya usulini
amaliyotda qo‘llab bo‘lmaydi.R-kodli priyomnik oldin S/A-kodni ushlashi
(egallashi) kerak, so‘ngra navigatsion xabardagi «Handover Word» – «So‘z
Yetkazish», vaqt belgisidan foydalanib, priyomnikda R-kodni zarur qismini
yaratishga imkon berishi va shu yo‘l bilan R-kodni ushlovchi (egallovchi) sirtmoq-
ilgakni initsializatsiyalashi (boshlashi) kerak.
Yuqorida
aytganimizdek, psevdouzoqlikni chiqarib olish, yoki aniqroq
aytganimizda priyomnik yaratgan R-kodni qancha kattalikka siljitishi zarurligini
aniqlash, PRN-kod korrelyatori yordamida biron-bir ushlab turuvchi ilmoq
(petlya) sxemasida bajariladi. Bu ish qay darajadagi aniqlikda bajariladi? S/A-
kodning takt chastotasi 1.023 Mb/s va o‘z navbatda to‘lqin uzunligi 300m
atrofida. R-kod (yoki Y) takt chastotasi 10.23Mb/s va o‘z navbatida to‘lqin
uzunligi 30 m. Taxmin qilingan qonuniyat mavjud, bu qonuniyat bo‘yicha
priyomnik qabul qilgan va yaratgan kodlarni tenglash umumiy
olganda aniqlik
- 102 -
jixatdan taxminan kod to‘lqin uzunligini 1-2%ga teng. Demak, bundan kelib
chiqadiki, S/A-kod bilan masofa o‘lchash darajasi 3-5m, R-kod uchun esa 0.3-
0.5m. Zamonaviy “tor korrelyator” texnologiyasi yuqorida keltirilganga nisbatan
S/A-kod korrelyatsiyasini 10 marta yaxshi amalga oshiradi.
R-kod bilan o‘lchashni asosiy afzalligi quyidagilardan iborat:
− R-kod bilan L1 va L2 elituvchilar modullanadi, bu esa ionosferada signalni
ushlanib qolishi (kechikishini) aniqlash imkoniyatini beradi;
− R-kod bilan masofa o‘lchash aniqligini yuqori ekanligi, ionosferadagi
ushlanish aniqligi va ko‘pyo‘llikni kam ta’sir etishi, holatni aniqlashni yaxshi
ta’minlaydi;
− S/A-kodli priyomnikga nisbatan, R-kodli
priyomnik yuqoridinamik
sharoitda yaxshi ishlaydi va signallardagi turli xalal beruvchi shovqinlarga
yaxshi qarshilik ko‘rsatadi.