belgi bilan korrelyatsiya jarayoni ko‘rsatilgan [Hofmann-Wellenhof et al.,
2001]
3.4.2-jadval
Usul
Kirish
Operatsiya
Chiqish
Kvadratirlash
L2ga Y-kod
Kod bo‘yicha
masofasiz
𝛷
𝐿2
(𝜆/2)
Kross-
korrelyatsiya
L1ga Y-kod
L2ga Y-kod
𝛷
𝐿2
− 𝛷
𝐿1
𝑃
𝐿2,𝑌
− 𝑃
𝐿1,𝑌
Kodlar bo‘yicha
korrelyatsiya
plyus
kvadratirlash
L1ga Y-kod
R-kod
nusxasi
𝛷
𝐿2
(𝜆/2)
𝑃
𝐿2,𝑃
Z-tracking
L1ga Y-kod
R-kod
nusxasi
L2ga Y-kod
R-kod
nusxasi
𝛷
𝐿1
𝑃
𝐿1,𝑌
𝛷
𝐿2
𝑃
𝐿2,𝑌
- 108 -
Mikroprotsessor. Priyomniklarni katta qismini analog texnikalaridan
foydalanib ko‘rish mumkin, xozirgi vaqtda priyomniklarda signallarni raqamli
qayta ishlashga o‘tishi apparaturalarni o‘lchamini kichik va arzon qilish
imkoniyatini beryapti. Xaqiqatdan ham, signallarni oraliq chastotada raqamli
shaklga o‘zgartirish mumkin va mikroprotsessordagi dastur yordamida kodlar va
fazalarni kuzatish mumkin. Priyomnik turli operatsiyalarni bajarishi kerak:
priyomnik ulanishi bilan zudlikda sputnik signalini ushlashi, kod va faza
signallarini kuzatishi, navigatsion xabarni ajratib olishi, foydalanuvchini
koordinatasini aniqlashi, sputnik guruhini joriy xolatni nazorat qilishi va x.k.
Priyomnikning bu operatsiyalari mikroprotsessor tomonidan nazoratlanadi.
Mikroprotsessorga o‘rnatilgan dastur, ishga tushirilgan priyomnik uchun
instruksiya bo‘lib, xotira chiplarini ichiga o‘rnatiladi.
Mikroprotsessor psevdouzoqlik va elituvchi fazani raqamli ko‘rinishida
ishlaydi. Ular priyomnikdan o‘tayotgan, raqamli oqimni biron nuqtasida analog-
raqamli o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Hammadan ham priyomnik
xarakatdaligida,
mikroprotsessor
boshlang‘ich
ma’lumotlarda
(qayta
ishlanmagan ma’lumotlarda) shovqinni kamaytirish maqsadida yoki ishochlilik
holatini va tezlikni hosil qilish maqsadidagi protsedurani ishga tushirishi
mumkin. Uchish yo‘li nuqtalari bo‘yicha navigatsiyaga oid yoki bir geodezik
sistemadagi koordinatani boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha hisoblash ishlarini
protsessorda bajarish talab etilishi mumkin. U shu bilan barga foydalanuvchi
tomonidan berilgan komandani kiritishni, displeyga axborotni kiritish va
bog‘lanish portlari (ular mavjud bo‘lganda) orqali ma’lumotlarni yuborishni
boshqaradi.
Komanda kiritish bloki va displey. Ko‘pchilik GPS/GLONASS
priyomniklarida foydalanuvchi (interfeys bilan) ayrim bog‘lanishlarni amalga
oshirish uchun klaviatura va displeylarga ega. Turli opsiyalarni tanlash,
ma’lumotlarni kiritish, priyomniklarni nima qilayotganini kuzatish yoki
- 109 -
hisoblangan koordinatalar, vaqtni va boshqa narsalarni kiritish uchun
klaviaturadan foydalanish mumkin. Hamda yo‘l nuqtalari bo‘yicha navigatsiya
uchun zarur bo‘lgan yordamchi ma’lumotlarni, geodezik o‘lchashlar uchun obi-
havo, antenna balandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish mumkin. Ko‘pincha
priyomniklar yaxshi tashkillashtirilgan komanda va ekranga chiqarish
menyusiga, xatto onlayn (on line) yordamida yo‘l-yo‘rig‘ ko‘rsatuvchi
instruksiyalarga ega. Ayrim priyomniklarni asosiy ish rejimi yashirin ekanligini
eslatib o‘tish zarur, ularga foydalanuvchi tomonidan hech qanday kiritishlarni
bajarish zarur emas, sababi priyomnik ulanishi bilan o‘zi aktivlashadi. Ayrim
priyomniklar xuddi datchiklardek (sensorlardek) ishlaydi, ular navigatsion
tizimga integrallashishi kerak, va shu sababli bu priyomniklarni o‘z klaviaturalari
va displeylari bo‘lmaydi, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish faqat portlar orqali
amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni saqlash va chiqarish. Ko‘pgina priyomniklarda vizual
displeyga qo‘shimcha ravishda qo‘l bilan boshqariladigan (nazoratlovchi) bloklari
bo‘lib, o‘lchangan fazalar va psevdouzoqliklarni saqlanishini ta’minlaydi. Bunday
xususiyat geodezik o‘lchashlar va differensial navigatsiya uchun ishlatiladigan
priyomniklar uchun zarur hisoblanadi. Geodezik priyomniklarda psevdouzoqlik
va elituvchi fazalarni saqlashdan maqsad bir vaqtda ishlayotgan priyomniklardan
kelayotgan ma’lumotlarga birgalikda qayta ishlovdan o‘tkazish. Odatda
ma’lumotlar yarim o‘tkazgichlik xotirada saqlab qolgichlardan foydalanib
priyomnik ichida saqlanadi. Ayrim priyomniklar ma’lumotlarni qattiq yoki elastik
disklarda saqlashi mumkin.
Odatda priyomniklar o‘zida saqlyotgan ma’lumotlarni keyinchalik
qilinadigan taxlil, shu bilan real vaqtda foydalaniladigan nisbiy yoki differensial
pozitsionerlash, ma’lumotlarni kompyuterga yoki aksincha, modemga yoki radio
ma’lumotga o‘tkazish uchun RS-232-C yoki boshqa turdagi kommunikatsion
portlarga ega. Ayrim priyomniklar bunday portlar orqali distansion boshqarilishi
mumkin.
- 110 -
Ta’minot bloki. Ko‘pchilik priyomniklar doimiy tokli ichki ta’minotga ega,
bunday manbaalar bo‘lib, qayta zaryadlanadigan nikel-kadmiyli akkumulator
yoki shunga o‘xshash tok manbalari hizmat qilishi mumkin. Priyomniklarni oxirgi
avlodlari juda ham kam miqdorda tok sarflaydi, bu esa o‘z navbatida
akkumulatorlarni zaryadlash vaqt oralig‘ini oshiradi. Ko‘pchilik priyomniklarni
tok konvertori orqali o‘zgaruvchi tokni doimiy tokka o‘tkazish orqali tashqi
ta’minotda ishlatish mumkin.
Berilgan ma’lumotlarni yozish. GPS priyomniklari psevdouzoqliklar va
uzatuvchi fazalarni qanday tempda yig‘ilishi-saqlanishini foydalanuvchi tanlaydi.
Statik s’yomkalar uchun 15-30sekundli , uzliksiz ishlaydigan tarmoqlarda 2
minutgacha bo‘lgan yozish intervali qo‘lanishi mumkin. Kinematik
priyomniklarda 0.5dan 5.0 sekundgacha bo‘lgan oraliqdagi yozuv intervali
qo‘llaniladi. Aslida elituvchi faza bo‘yicha kinematik pozitsionerlash uchun bunga
nisbatan yuqori tempda ma’lumotlarni yozish afzalroq hisoblanadi. Bu sikllar
hisobi yo‘qolishini aniqlash va tuzatishga yordam beradi. Ayrim vaqtlarda
priyomniklarda ma’lumotlarni saqlash ,yozish tempi va xotira hajmi zarur bo‘lgan
imkoniyatlar darajasida bo‘lmasligi mumkin. Odatda to‘plangan ma’lumotlar(
psevdouzoqliklar va vaqt xisobi bilan bir yoki ikki elituvchi fazalar; radio orqali
uzatiladigan efemeridalar, va sputniklar soatlarining parametrlari, barcha
sputniklar uchun “signal va shovqin” nisbati, shu bilan birga priyomnikka
kiritilgan metrologik ma’lumotlar va boshqa axborotlar)GPS/GLONASS
priyomniklarida binarli firma formatlaridagi fayllar ko‘rinishida saqlanadi. Bu
fayllar keyingi ishlovlar uchun pryomnikdan kompiyutrga o‘tkaziladi.
RINEX. Firma tomonidan patentlangan ma’lumotlar formatidan
foydalanishda, hammadan ham turli firmalar tomonidan tayyorlangan
priyomniklardagi ma’lumotlarni birlashtirishda GPS s’yomkalariga keyingi
ishlovlarini bajaruvchi geodezistlar va boshqa foydalanuvchilarda muammolar
bo‘lishi mumkin. 1989 yil uzoqni ko‘ra bilgan foydalanuvchilar tomonidan
priyomnikka bog‘liq bo‘lmagan GPS ma’lumotlari formati- RINEX, Receiver
- 111 -
Independent Exchange [Gurtner, 1994]ni taklif etdilar. Bu formatda ishlash uchun
ko‘pchilik priyomnik ishlab chiqaruvchilar utilitlar taklif etishmoqda.
|