3.6.8-rasm. Thales Navigation kompaniyasini ProMark2 (chapda) va Z-Max
priyomniklari
Javad va Topcon kompaniyalari. Javad Positioning Systems (JPS)
kompaniyasiga sputnikaviy tizimlar bo‘yicha yirik mutaxassis doktor Djavad
Ashdjai (Dr. Javad Ashjaee) tomonidan asos solingan. Kompaniya shtab kvartirasi
San-Xose (AQSh, Kaliforniya) va Moskva (Rossiya) shaharlarida joylashgan. JPS
komandasi GPS apparatlarini yaratadigan eng eng kuchli komanda hisoblanadi.
JPS biznes modeli internetdan boshqarilishiga asoslanishi buyurtmachini
ehtiyojlariga ma’sulligi uni dinamik, samarali bo‘lishini ta’minlaydi. JPS
kompaniyasida 120dan ortiq jahon miqyosidagi olim va injenerlar ishlaydi.
- 128 -
2000 yilni iyulida JPS kompaniyasining aktivlari Topcon (Yaponiya, AQSh)
kompaniyasi tomonidan sotib olindi. Lekin Djavad Ashdjai o‘ziga ma’lum bo‘lgan
texnologiyalar asosida Javad Navigation Systems (JNS) kompaniyasi bilan
sputnikaviy apparaturalarni ishlab chiqarishni davom ettirmoqda.
Topcon Corporation kompaniyasi 70 yillik tajribaga ega bo‘lgan, yuqori
aniqlikdagi geodezik, optik, lazerli va tibbiyot uskunalarini chiqaruvchi jahondagi
eng nufuzli kompaniya hiisoblanadi. Bu kompaniyani Javad Positioning Systems
(JPS) kompaniyasini sotib olishdan maqsadi geodezik pozitsionerlashda, qurilish
va GIS da sputnikaviy texnologiyalarni qo‘llash va tadbiq etishda jahonda yanada
yetakchi pog‘onalarga ko‘tarilishdir.
Javad kompaniyasi tomonidan GPS yoki GPS va GLONASSda ishlatiladigan
bir nechta bir va ikki chastotali priyomniklar yaratilgan (3.6.9-rasm). JNS va
Topcon kompaniyalari tomonidan chiqarilayotgan apparaturalarni ayrim
xususiyatlari keltirib o‘tamiz.
3.6.9-rasm. Javad – Topcon kompaniyalarni priyomniklari: Legacy-E GGD
(Lexon-GGD) va Prego
Priyomniklarni boshqarish uni klaviaturasi, yoki kompyuter (Javad –
Topcon kompaniyasining apparaturalari uchun PCCDU va PCView dasturlari
mavjud), yoki kontrollyor (nazoratchi) orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kiritiladigan informatsiya (axborot) odatda katta bo‘lmaganligi uchun, priyomnik
ekran va klaviatura bilan jihozlashni zarurati yo‘q. Ayrim priyomniklarni ishga
tushirish va o‘lchashni boshlash uchun bitta tugma va bitta svetodiodli (yorug‘lik
diodi bo‘lgan) indikatordan foydalaniladi (misol uchun Ashtech GG-24
- 129 -
priyomnikida). Minter minimal interfeysi (5.19-rasm), ikkita knopka va ikkita
yorug‘lik diodidan iborat bo‘lgan, priyomnik ishini boshqarish va nazorat qilish
qurilmasi. Birinchi knopka, PWR, har doimgidek odatda ta’minotni ulaydi va
uzadi. FN knopka, funksional knopka bo‘lib, uni bosishni davomiyligiga bog‘liq
holda faylni yozishni boshlanishi, “to‘xta-yur” rejimiga o‘tkazish va boshqa
amallar bajariladi. Yorug‘lik diodlari (svetodiodlar): STAT (xolatni), REC
(yozuvni) bildiradi. Diodlar uch rangda yonadi (qizil, yashil, sariq) ular
priyomnikni holatini, kuzatilayotgan GPS va GLONASS sputniklarining sonini,
yozuvining holatini bildiradi va x.k..
Maxsus parol olingandan so‘ng avtorizatsiyalashgan opsiyali fayllar
(Option Authorization Files, OAF) fayldan foydalanish, priyomnikka o‘rnatilgan
imkoniyatlarni faollashtiradi. OAF fayllari har bir priyomnik uchun (yoki
priyomnik platasiga) ishlab chiqiladi-har bir priyomnik uchun noyob bo‘lgan
simvollar ketma ketligi bo‘yicha priyomnik identifikatori orqali aniqlab oladi.
Agar priyomnik uchun qo‘shimcha opsiya olish kerak bo‘lsa, bu imkoniyatlar
uchun to‘lovni amalga oshirib, internet orqali OAF yangi fayli olinadi.
Birgalikda (Co-Op tracing) kuzatish GPS/GLONASS priyomnik
imkoniyatini taxminan 100 baravarga oshiradi. Imkoniyatni yaxshilanishi (PLL)
fazalarni sirtmoq (cxema) bilan bir vaqtda ishg‘ol qilishga asoslangan. Ulardan
biri priyomnik dinamikasi va ichki generatorini ko‘z ilg‘aydigan dinamikasini
kuzatadi. Bu sxema ko‘rish maydonidagi barcha sputniklarning to‘liq
energiyasidan foydalanadi va keng polosada 20 Gs atrofida o‘tkazishi mumkin.
Ikkinchi tipdagi fazani ishg‘ol qilish sirtmog‘i (sxemasi) har bir sputnikni
ko‘rinarli dinamikasini kuzatish uchun loyihalashtirilgan. Har bir sputnikka o‘zini
PLLi biriktiriladi, u tor polosada 2Gs atrofida o‘tkazish imkoniyatiga ega. Bu
sxema priyomnikni signalni kuzatish imkoniyatini oshirib, shu bilan bir vaqtda
o‘lchashdagi shovqinni 10 baravar kamaytiradi. Priyomniklarni kuzatish
imkoniyatlarini oshishi bu barcha sputniklarni to‘liq energiyasidan foydalanish
- 130 -
orqali erishiladi, shovqinni kamayishi esa, alohida sputniklarda fazani kuzatish
sxemasini o‘tkazish polosasi kengligini juda ham kichikligida.
Cinderella (ingliz tilidan ruschaga tarjimasi-Zolushka, o‘zbek tilida-
Shumshuk qiz) opsiyasi GPS vaqti bo‘yicha ikki haftada bir martta (odatda
seshanba kunida) priyomnikni 24 soatga ikki chastotali GPS+GLONASS
priyomnikka avtomatik ravishda o‘zgartiradi. Bu opsiya xaridorni boshlang‘ich
to‘lovini kamaytirish imkonini beradi, har doim foydalanish uchun tayyor bo‘lgan
mukammal asbob va dasturiy ta’minotga ega bo‘ladi. Priyomnikni imkoniyatini
ikki chastotali va ikki tizimli holatda ob’ektni o‘zida real sharoitda tekshirib
ko‘rib, opsiyani samaradorligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng sotib olish
mumkin.
JPS/JNS va TPS sistemalarning qabul qiluvchi (priyomniklar va
antennalar) apparaturalarda ko‘pincha masalalar takomillashtirilgan ko‘pyo‘llik
bilan kurashish interferensiyain bosish, kinematika algoritmlarini real vaqtda
ishlatish va x.k.
Keyingi ishlovlarni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot Pinnacle deb
nomlangan bo‘lib, Javad kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, bu dastur
hozirgi vaqtda Topcon kompaniyasining xususiy mulki hisoblanadi. JNSni yangi
dasturiy ta’minoti Ensemble deb ataladi.
Boshqa kompaniyalar to‘g‘risida. Allen Osborne Associates, Inc. (AOA)
kompaniyasi loyihalashtirish, tahlil qilish, geodeziya, topografiya va chastotali
sinxroniyazatsiyalash bo‘yicha harbiy ishlar uchun GPS asbob va uskunalarini
kommersiya maqsadida tayyorlaydi va ishlab chiqaradi. TurboRogue – SNR-8000,
SNR-8100 (5.20-rasm) seriyasidagi priyomniklar ikki chastotali bo‘lib, S/A kodi
bo‘yicha va R-kodlarni ikkala chastotasi, hamda elituvchi L1 va L2 fazalarda
psuvdouzoqlikni o‘lchashda ishlatiladi. Priyomniklarni Anti-Spoofing rejimida
ishga tushirganda Y-kodi bo‘yicha korrelyatsiya usuliga o‘tadi, bunda (P2-P1)
ushlanishni va elituvchi fazalar farqi L1-L2 ni o‘lchaydi. 3.6.1-jadvalda bu
apparatura to‘g‘risida ayrim ma’lumotlar keltirilgan.
|