- 135 -
apparatlar kechikishni avtomatik aniqlash vositasiga ega bo‘lishi kerak
[Teunissen et al., 1998].
Priyomnikni testlash . Umuman olganda GPS priyomniklari o‘zini-o‘zi
kolibrlovchi qurilmalar hisoblanadi, shuning uchun foydalanuvchilar
qurilmalarni kolibrlamaydilar. Kuzatuvchi tomonidan nolinchi bazaviy chiziq
bo‘yicha yagona oddiy test bajarilishi mumkin. Bunday o‘lchash ikkita yoki
bundan ko‘p priyomniklarni bitta antennaga ulash orqali bajariladi. Kirayotgan
signalni turli priyomniklarga yo‘naltirish uchun tarmoqlagichdan foydalanish
kerak. Bunda bitta priyomnikdan boshqa barcha qolgan priyomniklarni
antennani ta’minlovchi kuchlanishdan bloklashtirishni g‘amini yeyish kerak.
Odatdagi kuzatish seansi kuzatiladi (taxminan 60 daqiqa davomida) va
odatdagidek bazaviy chiziq hisoblanadi. Bitta antennadan foydalanayotganligi
uchun bazaviy chiziq komponentlari nolga teng bo‘lishi kerak. Bu test bilan
priyomniklar zanjirini ishlashi va uni elektronikasi nazoratlanadi va antennani
siljishiga bog‘liq bo‘lmagan priyomnkdagi kamchiliklarni aniqlashga qulay bo‘ladi
[Hofmann-Wellenhof et al., 2001].