- 127 -
ProMark2 priyomniki (3.6.8-rasm) – eng yengil va ishlash uchun qulay va
sodda bo‘lgan priyomnik. Bu priyomnik bilan statik va kinematik rejimda,
santimetr aniqligidagi navigatsiya va geodezik o‘lchash ishlarini bajarish
mumkin. Keng zonali Wide Area Augmentation System (WAAS) va European
Geostationary Navigation Overlay System (EGNOS) differensial sistemalarni
signalini qabul qila oladi. Ashtech Solutions dasturiy ta’minoti ishlatiladi.
Thales Navigation kompaniyasi 2004 yil simsiz aloqa Bluetooth bilan
jihozlangan ikki chastotali Z-Max priyomnigini chiqardi. Real vaqtda o‘lchash
ishlarini bajarish uchun priyomnik UHV va GSM ni birlashtirgan aloqa moduliga
ega.