- 132 -
yig‘ishda yuqori aniqlikdagi navigatsiya parametrlarini aniqlashda va x.k. qo‘llash
uchun mo‘ljallangan. U texnik holatni inobatga olgan holda,
uzliksiz avtomatik
ravishda “GLONASS” sputniklar turkumidan (L1) va GPS (L1)larni tanlash
imkoniyatini beradi. Unda parallel kanallar qabuli-14,
avtonom rejimda
koordinatani aniqlash aniqligi 10-12m, differensial rejimida 1-2m. Aniqlashni
(o‘lchashni) boshlash vaqti “sovuq startda”-180s, “issiq startda”-90s.
Koordinatalarni yangilash intervali- 1s.dan katta emas.
Bulardan tashqari, SN-3601 to‘rt soat davomida turgan joyni aniqlash va
o‘lchash natijalarini to‘plashi mumkin (to‘plagichni hajmi 20Mbayt). Ma’lumotlar
RS232C raqamli interfeys orqali shaxsiy kompyuterga yuboriladi (BINR yoki
RINEX protokollari). Asbobni elektr ta’minoti 9ta 30V.li
manbadan amalga
oshiriladi, ta’miniy extiyoji 7Vt. Antenna, qabullash indikatori,
akkumulator va
antenna kabeli bilan birgalikda olganda komplekt massasi 4,5kgdan oshmaydi.
“Kotlin” kompaniyasi topografik-geodezik ishlarni olib borishda
ishlatiladigan GPS/GLONASS tipidagi ikki chastotali «Zemlemer L1M» va
«Geodezist» priyomniklari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Nisbatan kuchli
bo‘lgan “Geodezist” priyomniki GLONASS (L1, L2) uchun 18 kanalda va GPS (L1,
L2) uchun 24 kanalda ishlashga mo‘ljallangan. U bilan noqulay ob-havo sharoitida
va radioko‘rinish burchaklarida signallarni to‘rg‘un qabul qilish mumkin. Dala
sharoitida ishlash uchun bu priyomnik komplektiga tashqi klaviatura va (8 qator
40-simvolli) JK-displey kiritilgan. Fazalarni ko‘pma’noli sanoqlaridan chiqishda
yuqori samarali algoritmlarni qo‘llash orqali, santimetr aniqligida navigatsion
aniqlashlarni bajarish mumkin. Bazaviy chiziq uzunligini L1/L2 chastotalarida
5mm va L1da 10mm aniqlikda aniqlash mumkin [Nevdyaev, 2000].
2003 yilning oxirlarida OAO RIRV ishlov berish dasturi BL-G1 bo‘lgan, bir
chastotali GEO-161 (5.21-rasm) sputnikaviy priyomniklar ishlab chiqardi.
Priyomnik GLONASS va GPS tizimidagi standart
aniqlikdagi signallarni,
tizimlar orasida kanallarni ixtiyoriy taqsimlanishi bilan 16ta qabul qilish kanaliga
ega. Priyomnik mikropoloskali antennani, qabulni o‘lchagich, ma’lumotlar
- 133 -
to‘plagichni, boshqarish panelini va akkumulator
batareyasini birlashtirgan
yakka blok (monoblok) ko‘rinishida yasalgan. Priyomnik ishlashini yoritgich va
tovush indikatsiyasi yordamida nazorat qilinadi. Priyomnik ishini nazoratlashda
cho‘ntakda olib yuriladigan shaxsiy kompyuterdan foydalanish mumkin.