-rasm. Chapda, SN-3601 KB “NAVIS” va GEO-161 OAO RIRV Rossiya




Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/120
Sana16.12.2023
Hajmi9,23 Mb.
#121051
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
Bog'liq
137 ЗГА-Дарслик-2020-5

3.6.11-rasm. Chapda, SN-3601 KB “NAVIS” va GEO-161 OAO RIRV Rossiya 
geodezik priyomniklari. 
3.7. Priyomnik xatolari 
Priyomniklardagi shovqin. Apparatlardagi iliq shovqin o‘lchash 
natijasida olingan ma’lumotlarda shovqin hosil qiladi. Antennani kuchaytirish 
koeffitsienti bo‘yicha, sputniklarning signallarini quvvati va priyomnikni harorat 
bo‘yicha shovqin tavsifi va uni atrof muhiti inobatga olinib, priyomnikdagi 
shovqin nazariy jihatdan hisoblanishi mumkin. Ma’lumotdagi shovqin sputnikka 
qaratilgan topomarkaz yo‘nalishini balandligiga bog‘liq, bundan antennani 
kuchaytirish koeffitsienti o‘zgaradi va Yer atmosferasida signal zaiflashishi, 
hamda priyomnikda vaqt o‘rtalanishidan signal kuchini yo‘qotadi. Bitta 
antennadan ishlayotgan ikkita priyomnik bilan o‘lchash natijasidagi faza yoki 
uzoqliklarni solishtirish orqali ma’lumotlardagi shovqinni aniqlash tajriba 
usullaridan biri hisoblanadi. O‘tkazilgan bunday testlarni ko‘rsatishiga L1 va L2 
chastotalarda o‘lchashda fazaviy shovqin darajasi 1dan 5mm gachani tashkil 
etadi, ayrim hollarda sistematik (takroriy) tashkil etuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu 
o‘ziga xos xatolik geodezik o‘lchashlarga ta’sir etmaydi, sababi qo‘sh farqlarda 
chiqarib tashlanadi, lekin ionosferadagi kechikishni o‘lchashda batafsil tadqiqot 
qilinishi va hisobga olinishi kerak. Shovqin darajasini kamaytirish uchun 


- 134 - 
priyomniklar, boshqaruvchi monitoring termotestir kameraga joylashtiriladi, 
dalada o‘lchash ishlarini olib borganda quyosh nurlari tushib isib ketishdan 
saqlashga harakat qilishi kerak.
Vaqt xatosini ta’siri. Priyomnik va sputnik soatlarining xatolarini asosiy 
qismi qo‘sh farqlarni shakllantirishda yoki tasodifiy qonuniyatlar bo‘yicha 
o‘zgaruvchi soatlarga tuzatmani baholashda chiqarib tashlanadi. Shu bilan bir 
vaqtda koordinatalarni aniqlashda geodezik masalani nochiziqiyligidan, geodezik 
o‘lchash bajarilgan vaqt bilan xaqiqiy vaqtga bog‘liq. GPS signallarining vaqtini 
kvantlanishni noto‘g‘ri muvofiqlanishuvi bilan bog‘liq bo‘lgan xatoning kattaligi 
dopler signallarini siljishi bo‘yicha hisoblanishi mumkin va odatda vaqtni 1 mks 
xatoligiga 1mmni tashkil etadi.Sputnik priyomnigi vaqtni aniqlashni bunday 
talabini oson bajaradi va bunday bo‘lmagan hollar ham uchraydi. Bu holatlar, faza 
farqlari kombinatsiyasidan olingan, ionosferadagi kechikish kattaligida toyish 
yo‘qligida, qo‘sh farqlardagi yakka sakrashlardek aniqlanadi. S/A-kodlari 
bo‘yicha psevdouzoqliklar millisekunddagi bir qiymatli emasligini, priyomnik 
noto‘g‘ri bartaraf etishdagi holatdan tashqari hollarda bu tipdagi xatolarni 
umumiy ta’siri kam, bunda o‘lchash qaerda bajarilganini aniqlashni imkoniyati 
yo‘q desa bo‘ladi. Bunday holat bo‘lganda ma’lumotlar deyarli brakka chiqariladi. 
Priyomnikda xato signalga birinchi ishlov berishda, dalada o‘lchash ishini 
takrorlash imkoniyati bo‘lganda bartaraf etilishi kerak.

Download 9,23 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Chapda, SN-3601 KB “NAVIS” va GEO-161 OAO RIRV Rossiya

Download 9,23 Mb.
Pdf ko'rish