- 124 -
Leica Geo Office dasturiy paketi ma’lumotlarni boshqarish,
vizualizatsiyalash, qayta ishlov berish; GPS, TPS
va raqamli nivelirlarning
ma’lumotlarini import va eksport qilish bo‘yicha barcha operatsiyalarni
ta’minlaydi.
Leica GPS1200 priyomniklarining ustki qismi maxsus magniyli qotishma
bilan qoplanganligi uni har qanday obi-havo sharoiti va haroratiga va
transportirovka sharoitiga chidamli qilgan.
Real vaqtda s’yomka qilishni yangi texnologiyasi sputniklar tomonidan
signalni tez ushlashni, kichik balandliklarda kuzatish, ko‘pyo‘likni bostirish, halal
beruvchi signal va shovqinlardan himoya qilish va holatni tez (sekund davomida
20 martagacha) yangilashni ta’minlaydi. Apparaturani
ishonchlilik darajasi
99.99% bo‘lib, 30 km va undan katta masofalarni yuqori aniqlikda kinematik
o‘lchash imkonini beradi. SmartTrack texnologiyasi tufayli daraxtlar ostida va
interferensiyada(to‘lqinlar bir biriga ustma ust qo‘yilishi natijasida ularni o‘zaro
kuchayishi yoki susayishi) o‘lchash ishlarini olib borish mumkin. Yangi signalli
sputniklar paydo bo‘lganda SmartTrack texnologiyasini yangilash mumkin. Yangi
funksiyali SmartCheck bilan SmartTrackdan ma’lumotlar
RTK rejimida
nazoratlanadi va santimetr aniqligida qayta ishlanadi.
GPS1200 seriyasidagi to‘rt xildagi priyomniklarning ichidan tanlab olish
mumkin: Leica GX 1230 universal priyomniki (L1-12kanalli va L2-12kanalli,
bunga qo‘shimcha tayanch DGPS va RTK funksiyali yoki mobil stansiya)
ma’lumotlar yig‘ish uchun Leica GX 1220 va Leica GX 1210 priyomniklari, faol
to‘rlar uchun va Ethernet interfeysli RTK va DGPS rejimida ma’lumot yig‘ish
uchun Leica GRX1200 Pro.
Ashtech va Thales Navigation kompaniyalarini geodezik GPS o‘lchashlar
uchun apparatlari. Ashtech kompaniyasi o‘z faoliyatini Djavad Ashdjay (Javad
Ashjaee) rahbarligida 1980 yilni oxirlarida ish boshlagan (bungacha u Trimble
kompaniyasida yetakchi injener bo‘lib ishlagan). 1997 yili arzon qo‘l GPSlarini
ishlab chiqaradigan Magellan korporatsiyasi tomonidan sotib olingan (bu vaqtda
- 125 -
Djavad Ashdjai kompaniyani boshqarmas edi). Birlashgan Magellan-Ashtech
mahsulotlari foydalanuvchilarning talabini qoplovchi
kompaniyalardan biriga
aylandi, Thales Navigation maxsulotlari bilan raqobatlashadigan mahsulotlar
ishlab chiqara boshladi (keyinchalik Djavad Ashdjai Javad Positioning Systems
nomi bilan boshqa GPS kompaniyasini ochdi). 2001 yil Thales Navigation (AQSh,
Fransiya) kompaniyasi Ashtech va Magellan kompaniyasini sotib olib, navigatsiya
va sputnikaviy geodezik apparatlarini ishlab chiqarishni davom ettirdi. Thales
Navigation yerda va dengizda s’yomkalar qilish,
qurilish, GIS ma’lumotlarini
to‘plash, mashina va mexanizmlarni nazorat qilish, injenerlik geodeziyasi,
metrologiya, o‘rmonchilik, aviatsiya, transport, mulkni boshqarish va x.k. ishlarda
qo‘llaniladigan GPS va GPS+GLONASSTM apparatlarini hamda turli chip
to‘plamlarini ishlab chiqaradi.
Ashtech arzon navigatsiya priyomniklari ishlab
chiqarish bilan birga
yuqori aniqlikdagi geodezik ishlarda ishlatiladigan apparatlarni ishlab chiqarish
bilan ham tanilgan. 1990 yillari boshida Ashtech Z-12 apparatini ishlab chiqarish
bilan elektronika sohasida yetakchi degan mavqni oldi. Z-12 priyomnikni
ko‘pchilik faza va psevdouzoqlikni o‘lchaydigan eng yaxshi priyomnik deb
hisoblaydi. L2 da barcha kodsiz kuzatish usullarida «Z-tracking» texnologiyasini
“signal-shovqin” munosabati eng yaxshi. Z-12ni kuzatish texnikasi yangi
priyomniklar Ashtech Z-Surveyor, Ashtech Z-SuperStation va faol stansiyalarga
tadbiq etilgan. Ashtech Z-Surveyor priyomnigi geodeziya o‘lchash ishlari uchun
loyixalashtirilgan bo‘lib, GPSni Leica System 500 (SR520/530) va Trimble
4700/4800 priyomniklari bilan raqobatlashishi mumkin.
Thales Navigation kompaniyasini
iCGRSTM sistemasi tayanch
stansiyalarni eng quvvatli texnologiyasini internet bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
aloqasini ta’minlaydi. MicroZ-CGRS (μZ-CGRS™) kuchaytirilgan versiyasi
kompyuterlarda yuqori aniqlikda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, Linux
operatsion sistemasida ishlaydi.