- 122 -
Geodezik to‘rlarni barpo etishda, qurilish ishlarida, mulkni boshqarishda
5800 tizimi juda ham qulay bo‘lib, keng qo‘llanish imkoniyatiga ega
(http://www.trimble.com).
Leica Geosystems – 1920yildan boshlab optik-geodezik asboblar
ishlab
chiqarayotgan WILD kompaniyasining yangi nomi bo‘lib, kompaniyaning shtab-
kvartirasi Shveysariyani Heerbrugg shahrida joylashgan.
Leica/Wild kompaniyasi 1980 yilning ohiridan boshlab GPS apparatlarini
ishlab chiqara boshlagan. Shu vaqtlarda Magnavox
Corporation korporatsiyasi
bilan birgalikda Wild WM101 priyomnigi ishlab chiqildi (WM102-shu
priyomnikni ikki chastotali versiyasi). Dasturiy ta’minoti PoPS nomi bilan
hammaga tanish.
1990yillarni boshida Leica kompaniyasi
Magnavox kompaniyasini
fuqarolarga mo‘ljallangan GPS aktivini sotib olgan va yuqori sifatli geodezik
asboblarni ishlab chiqarishni faol davom ettirmoqda.
Leicani birinchi
priyomniklari System 200, System 300. 1998 yildan boshlab System 500
priyomnikini ishlab chiqara boshladi. Ma’lumotlarni qayta ishlash dasturi SKI
nomi bilan ma’lum bo‘lib, uni oxirgi versiyasi SKI-Pro deb ataladi.
System 500 “oilasiga” mansub bo‘lgan turli priyomniklar mavjud: bir
chastotali SR510, ikki chastotali geodezik model SR520,
real vaqt rejimida
ishlaydigan ikki chastotali model SR530.
1990 yilda GIS s’yomkalarini olib borish uchun GS50 modeli
optimizatsiyalashtirilib, ma’lumotlar atributlarini kiritish imkoniyati yaratilgan.
Uni TR500ga o‘xshash nazorat qismi bo‘lib, ma’lumotlar
bilan ishlash uchun
GPS/GIS dasturi bilan ta’minlangan.
Mashina va mexanizmlarni nazorat qilish va boshqarish uchun aniq
navigatsiyani ta’minlaydigan MS500 va MS1000 (MS-mashina nazorati)
priyomniklarini chiqardi. MS1000 priyomnikni yangi variantlaridan biri CRS1000
(«continuous reference station»-uzliksiz ishlovchi tayanch stansiya) ishlab
chiqildi. MS1000 priyomnik nazorat qilish va yodda tutish qobiliyatini
- 123 -
oshiradigan maxsus dastur bilan ta’minlanishi,
uzliksiz ishlovchi tayanch
stansiyani geodezik aniq o‘lchashlarda va navigatsiyada ishlatish imkoniyatini
yaratadi. Bu priyomnik choke ring tipidagi antenna bilan ishlaydi.