• 3.9. GPS/GLONASS o‘lchashlarini dasturiy ta’minoti
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/120
    Sana16.12.2023
    Hajmi9,23 Mb.
    #121051
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
    Bog'liq
    137 ЗГА-Дарслик-2020-5

    Mavzuga oid savollar. 
    1. Kalibrovkalash deganda nimani tushunasiz va u qanday bajariladi? 
    2. Dala antenasining nisbiy kalibrovkasi qanday topmiladi? 
    4. O‘dchash ishlari necha soat davomida olib boriladi? 
    5. Ma’lumotlarga ishlov berish nechta turga bo‘linadi va ular qaysilar? 
    3.9. GPS/GLONASS o‘lchashlarini dasturiy ta’minoti 
    Dasturiy ta’minot sputnikaviy apparatlarni ajralmas qismi xisoblanadi. 
    GPS/GLONASS o‘lchashlariga ishlov berish uchun ko‘pgina dasturiy ta’minot 
    paketlari mavjud. Bu paketlar tadqiqot maqsadlarida, ichki operativ zaruratlar 
    uchun yoki juda ham aniq ilmiy ishlar (ilmiy dasturlar) uchun universitetlar yoki 
    davlat tashkilotlari tomonidan yoki apparatlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
    (tijorat dasturlari yoki firmalar dasturiy ta’minoti uchun) ishlab chiqiladi. GPSni 


    - 141 - 
    dasturiy ta’minotining batafsil arxitekturasi har bir dasturda sezilarli ravishda 
    farqlanadi, lekin qator funksiyalar barcha dasturlarning paketlarida bajarilishi 
    kerak. 
    Har qanday dasturni asosiy komponentlariga kuzatishni loyihalashtirish, 
    loyiha tuzish va rekognossirovka; dala kuzatishlarga ishlov berish; ma’lumotlarga 
    ishlov berish va o‘lchashlarni nazoratlash; to‘rni tenglashtirish va sifatni 
    nazoratlash; natijalarni o‘rnatilgan geodezik koordinata sistemasiga 
    o‘zgartirishga yordam berish bo‘yicha funksiyalar kiritiladi. 
    Sputnikaviy o‘lchashlarga ishlov berish dasturiga talablar. GPS 
    apparatlarini ishlab chiqaruvchilar o‘z apparatlari bilan birgalikda taqdim 
    etadigan dasturlarni doimiy ravishda takomillashtirib boradilar. Sputnikaviy 
    usullarni dinamiklik tabiatidan dasturlarni zarur bo‘lgan darajada 
    takomillashtirishni iloji yo‘q. Mavjud dasturlarni kuchaytirishdan ko‘ra, yangi 
    yoki talay o‘zgartirishlar kiritilgan dasturlar yaratishga kuch berilgan. Ilmiy 
    dasturlarning imkoniyatlarini doim kengaytirib borish va tijorat dasturlarida 
    ishlovni maksimal soddalashtirish tendensiyalari kuzatilmoqda. Sputnikaviy 
    texnologiyani xarid qiluvchi dasturiy ta’minotda geodezik paketni va shu bilan 
    birga apparatura komponentalarini etiborlik bilan baholay olishi kerak. 
    Natijalarni aniqligi, ishonchliligi ma’lumotlarga ishlov berish algoritmi 
    bilan birga, rejalashtirish sifatiga, dala ishlarining uslubiyatiga va apparatlarga 
    bog‘liq. Agar dalada bajarilgan o‘lchash ishlarining sifati yomon bo‘lsa yoki 
    ma’lumotlar hajmiga muvofiq bo‘lmasa, u holda dasturiy ta’minot qanday 
    mukammal bo‘lishiga qaramasdan, bazaviy chiziq aniqligi va ishonchliligi zarar 
    ko‘radi, talabga javob bermaydi. Aniqlik to‘g‘ridan to‘g‘ri qanday matematik 
    modellar va qayta ishlash uslubiyati tanlanganligiga bog‘liq.
    Dasturni istalgan sifatlariga samaradorlik va ishlov berish tezligi kiradi, o‘z 
    navbatda ayonki, bu ishlatilayotgan kompyuterga ,qo‘llanilayotgan algoritmga, 
    ishlov berilayotgan ma’lumotlar hajmiga va zaruriy aniqlikka ham bog‘liq. Yuqori 
    aniqlikdagi masalalarda odatda ishlov berishni turli bosqichlarida ishlab berishni 


    - 142 - 
    nazoratlash uchun boshqaruvchi aralashish imkoniyatini yaratish maqsadida 
    boshqarishda moslanuvchanlik bo‘lishini talab qiladi. Shuni inobatga olish 
    kerakki, ilmiy yoki yuqori aniqlikdagi geodezik masalalar uchun tijorat dasturlari 
    odatda to‘g‘ri kelmaydi. 10
    -6
    dan yuqori bo‘lmagan aniqlikdagi masalalarni, 
    operator aralashmasidan odatda avtomatik ravishda bajariladi.
    Ma’lumotlarga ishlov berishda mo‘ljallangan dasturlar paketiga 
    qo‘yiladigan asosiy talab bu geodezik texnologiyaning yuqori mahsuldorlikda 
    ushlab turishdan iborat. Hozirgi vaqtdagi zamonaviy va samaradorligi yuqori 
    bo‘lgan daladagi o‘lchash usullari GPSni odatdagi statik usulidan juda ham katta 
    farqlanadi. Ma’lumotlarga ishlov berishni innovatsion algoritmlarigina yuqori 
    aniqlikdagi natijalar olish imkoniyatini beradi, bunda bazaviy chiziq olishni 
    odatdagi GPS usullariga nisbatan bir necha marotaba kam vaqt sarflanadi. 
    Ma’lumotlar oqimini samarali oqimi deganda qayta ishlangan hom 
    ma’lumotlardan tartib ohiri natija olinguncha o‘tiladigan mantiqiy va samarali 
    ketma-ketlikdagi harakat (amallar) tushiniladi, o‘z navbatida bu dastur 
    strukturasiga (tuzilishiga) to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador.
    Yuqorida keltirilgan ikkilamchi kriteriyalarni katta qismi, kuzatish 
    modellari va ishlov berish usullari va shu bilan birga ularni qo‘llashni turli maqbul 
    usullaridan foydalanish bilan aniqlanadi. Shu bilan birga dastur strukturasi ishlov 
    berish opsiyalarida moslashuvchanlikka imkoniyat berishi va ularni yangi model 
    va usullar paydo bo‘lganda adaptatsiyalash mumkinligi muhim o‘rin tutadi. Bu 
    hammadan ham real vaqtdagi rejimda kinematik qo‘llashga yoki santimetr 
    aniqligidagi (mashina nazorati va mexanizmlarini boshqarishidagi) o‘lchashlarni 
    bajarishga aloqador. Va nihoyat dastur xipcha (kompakt) va ixtiyoriy 
    kompyuterlarda ishni bajarish mumkin bo‘lishi kerak. Aslida, chiqarilayotgan 
    kompyuterlarni borgan sari takomillashayotganini inobatga olinsa oxirgi 
    qo‘yilayotgan talab hozirgi vaqtda uncha ham aktual emas. Agarda 
    foydalanuvchining interfeysi ishlatilayotgan asbobga bog‘liq bo‘lsa va 
    operatordan ko‘p ma’lumotlarni kiritish talab etilsa bunga erishish qiyinlashadi. 


    - 143 - 
    Bir tomondan o‘z navbatida dastur strukturasi operatsion sistemaga qo‘yiladigan 
    talab, ma’lumotlarni boshqarishda tanlangan tizim samarali, tez ishlash va 
    avtomatlashtirishni talab etadi, boshqa tomondan dastur ixcham (kompakt) va 
    boshqa dastur bilan uni qo‘llab quvatlash imkoniyati bo‘lishi kerak. 
    Sputnikaviy o‘lchashda olingan ma’lumotlarga ishlov berishni to‘rta asosiy 
    vazifaga bo‘lish mumkin: 
    − sputniklar bilan ishlash qulay bo‘lishini loyihalashtirish va geodezik 
    to‘rni rejalashtirish; 
    − old ishlov berish; 
    − o‘lchash natijalarini tenglashtirish va koordinatalarni o‘zgartirish; 
    − o‘lchash natijalarini tahlil qilish. 
    GPS o‘lchovlarini tashqi aniqligini old tahlil qilish dasturi keyigi qadam 
    hisoblanadi, bunda tanlangan GPS stansiyalarni va boshqa manbalarni 
    koordinatalari (ularni sifati) to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Odatda 
    ayrim stansiyalarni koordinatalari lokal koordinata sistemasida beriladi, ular 
    ma’lumotlarni tez-tez boshqa koordinata sistemasiga transformatsiyalashda 
    fiksatsiyalanishi sababli ularni tashqi chegaralovchi informatsiyalar deb qarash 
    mumkin. Bunday dasturlar GPS uskunalarini tayyorlovchilar tomonidan taqdim 
    etiladi.
    Siljish qoldig‘idagi sistematik xatoni (misol uchun orbitalarda, troposfera 
    refraksiyadagi parametrlarda) hisobga oladigan dastlabki tahliliy dasturlardan 
    ilmiy tadqiqot ishlarida foydalaniladi. 
    Dastlabki ishlov berish dasturiy ta’minotlari odatda quyidagilarni o‘z 
    ichiga oladi: 
    1. Priyomnik ichki xotirasidagi yoki kompyuterni yechib olinadigan xotira 
    kartasidagi yozilgan ma’lumotlarni bo‘shatib olish kerak. 
    2. Ishlov berilmagan kuzatish va navigatsion xabarlarni o‘z ichiga olgan 
    fayllarni tayyorlash. Agar ma’lumotlarni boshqarish tizimi bilan dastur 
    birlashtirilgan bo‘lsa, unda mos fayllar nomi belgilanadi, direktoriyalar va 


    - 144 - 
    loyihalar keyinchalik foydalanish uchun kataloglashtiriladi. Qo‘shimcha ravishda 
    stansiya fayllarini so‘rash bajariladi va fayl jurnalda mos ravishda xulosalar 
    qilinadi. Bu fayllarda kuzatuvchi tomonidan kiritilgan stansiyalar nomi, 
    priyomnik nomeri, antenna balandligi va x.k.lar yozilgan bo‘ladi. 
    3. Agar zarur bo‘lsa, ma’lumotlar faylini formati o‘zgartiriladi. Misol 
    uchun: agar ma’lumotlarni arxivlashtirish yoki turli dasturlarni ishlatishi mumkin 
    bo‘lgan ishlov berish markaziga yuborish zarur bo‘lsa, unda priyomnikka bog‘liq 
    “standart” formatdan foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda RINEX formati afzal 
    hisoblanadi [Gurtner, 1994]. 
    4. Psevdouzoqliklarni o‘lchash natijalari bo‘yicha stansiya holatini old 
    hisoblash. Bu yechimdan yo‘l-yo‘lakay priyomnik soatlariga tuzatma olish 
    mumkin. 
    5. Faza ma’lumotlarida yo‘qolgan sikllar sonini tiklash. Bu ko‘pchilik 
    hollarda uch karrali farqlar bo‘yicha bajarilgan yechimdan so‘ng qilinadi.
    Old hisoblash qadamidan (bosqichdan) chiqishda ma’lumotlarni “toza” 
    fayliga va keyingi bosqichdagi ma’lumotlarga ishlov berish uchun yordamchi 
    informatsiyalarga ega bo‘linadi. Quyidagi sharhlarni berish zarur deb o‘ylaymiz. 
    Old ishlov berish dasturlari doim GPS asboblarini ishlab chiqaruvchi tomonidan 
    yoziladi va ularni priyomniklarini ishlashi uchun maxsus maxsulot hisoblanadi. 
    Old ishlov berishni ayrim modullari (hammadan ham 3,4 va 5 operatsiyalarini 
    bajaruvchi ) dasturiy paketlarni uchinchi qism tashkil etuvchilari bilan 
    birlashtirilgan bo‘ladi. 
    4-qadam kerak bo‘lmaydi, agarda kodli-korrelyatsiyalangan priyomnik 
    soatini kuzatish vaqtida avtomatik ravishda tizimli soat shkalasiga (soatlarni 
    boshqarish clock steering deb nomlangan) qayta o‘rnatsa. 
    Yo‘qotilgan sikllar hisobini tiklashni qo‘lda bajarish qiyin va qunt bilan 
    yechiladigan masala. Xozirda yo‘qotilgan sikllar hisobini aniqlash va tiklash 
    “standart” old ishlov bo‘lib, avtomatik ravishda bajariladi (ayrim priyomniklar 
    dalada ma’lumotlarni yozib borish davrida bularni tuzatishi mumkin). 


    - 145 - 
    Old ishlovni ayrim dasturlari, balkim, qayta ishlovchidan old ishlov berish 
    oldidan ishlov berish strategiyasini bo‘yicha qaror qabul qilishni talab qilgan 
    holda, ma’lumotlar farqi faylini hosil qiladi (misol uchun, priyomniklar orasidagi 
    farq yoki ikkili farqlar). 
    Oldindan bajarilgan ayrim qadamlar (ma’lumotlarni tushirish, qayta 
    formatlashtirish, priyomnikni nuqtali pozitsionerlash) faqat alohida punktlarda 
    uchrashi mumkin, ammo keyingi qadamlarda bir vaqtda ishlayotgan barcha 
    priyomniklarning ma’lumotlari boshida bir joyga (kompyuterga) to‘plashni talab 
    qiladi. 
    RINEX formati GPS va GLONASS ma’lumotlarini rasmiy formati sifatida 
    keng tarqalgan. Priyomniklarni ko‘pincha chiqish ma’lumotlari shu formatda 
    chiqariladi, yoki utilit dasturidan o‘tkaziladi (bo‘shatilayotgan asboblar uchun 
    o‘ziga xos). 
    Old ishlov berish dasturini priyomnikni o‘ziga qo‘yish hollari kuzatilyapti. 

    Download 9,23 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish