- 91 -
ko‘pyo‘lilikga barqaror va yarim sfera ustining barcha yo‘nalishlarida bir xil
yaxshi tavsifli yo‘nalishlar diagrammasi bo‘lishi kerak.
Kuchsiz signallarni ushlab, ularni priyomnikka uzatish uchun antennaning
o‘lchamlari va shakli katta ahamiyatga ega. Ma’lum bir polosadagi chastota
signallarni o‘tkazib yuborib, antenna faqat bir yoki ikki chastotada ishlashi
mumkin. GPS va GLONASS signallarini qabul qilish uchun antennalar o‘ng
tomonlama doiraviy polyarizatsiya bilan bo‘lishi kerak. Turli tipdagi antennalar
ishlab chiqilgan, misol uchun, yakka maydonli va ikki maydonli
konfiguratsiyadagi, kvadrifilyar (to‘rt ipli o‘ram bilan) spiralli, tirqishli va
mikropoloskali.
Bikirligi, konstruktiv jihatdan soddaligi, kichik vazn va o‘lchamga egaligi,
yasash osonligi va arzonligi sababli mikropoloskali antennalar keng tarqalgan.
Mikropoloskali antenna dielektrik bilan ajratilgan, ikkita o‘tkazuvchi qatlamdan
iborat bo‘ladi (3.2.1.a-rasm). Antennaning pastki o‘tkazuvchi qatlam tekisligi
yerga ulanadi.
a)
b)
v)