- 89 -
3. SPUTNIK APPARATURALARI
3.1. Sputnik priyomniklari
Sputnik navigatsiya sistemasi signalida ishlaydigan
har bir priyomnik
ishga tushirilgandan so‘ng navigatsiya sputniklari signalini qabul qilib, uni qayta
ishlash yo‘li bilan navigatsiya axboratini rasshifrovkalaydi (shifrini ochadi) va
qabul qabul qilingan axboratni koordinata qiymatlari, xarakat tezligi va vaqtga
aylantiradi. Fazoviy koordinatalrni va vaqtni himoblash uchun to‘rtta sputnikni
kuzatish yetarli bo‘ladi.
Priyomnik o‘chirilganda uni elektron
xotirasida oxirga holatni
(pozitsiyani) koordinatasi saqlanadi. Priyomnikni keyinga o‘lashda, bu
koordinatalar uni dastlabki holati bo‘ladi. Bundan tashqari, priyomnikni doimiy
xotirasida sputnik orbitasining holati, soat parametrlari va ishlab turgan barcha
sputniklarni vaziyati, ya’ni oxirgi almanaxi saqlanib qoladi.
Yangi navigatsion
yechimda,bu malumotlardan qaysi sputniklar ufiqdan yuqorida ekanligi,
qaysi
sputniklar yaqinlashib kelayotganligini ya’ni ularning holatni (koordinatasini)
aniq aniqlash uchun foydalaniladi. Priyomnik o‘chirilganda ham priyomnikni
kvars soati yurishni davom etadi , bu esa vaqtni kerakli darajada aniq baholash
imkoniyatini beradi. Priyomnik qayta ishga tushirilganda yangi yechimlarni olish
uchun aktivatsiyalanadi. Priyomniklar va boshqa
uskunalar doimiy ravishda
takomillashib, yangilanib turishini inobatga olsak, alohida biron bir priyomnikni
batafsil bayon etish noo‘rin bo‘ladi. Shuning uchun sputnik priyomniklarini
soddalashtirilgan umumiy tuzilishini beramiz. Priyomniklar to‘g‘risidagi batafsil
ma’lumotlarni Shebshaevich va boshqalar, 1993; Teunissen et al., 1998; Misra and
Enge, 2001; Rizos, 1999 lar va boshqa maxsus adabiyotlardan topish mumkin.
Zamonaviy priyomniklarning o‘lchamlari, bahosi, vazifasidan qat’iy nazar
u beshta asosiy qurilmaga bo‘linishi mumkin:
1) antenna va unining elektronikasi;
2) kuzatgich konturi bo‘lgan radiochastotali blok;
3) nivigatsion mikroprotsessor;
- 90 -
4) ta’minot bloki;
5) komanda berish va nazorat displey bloki.
Ko‘pgina priyomniklarda ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarni kiritsh-
chiqarish qurilmalari bo‘ladi.
Qo‘shimcha ravishda priyomniklar komplektiga ma’lumotlarni to‘plagich ,
radiomodemlar,
metrologik
sistemalar,
shtativlar,
shtangalar,
markazlashtirgichlar, ruletkalar, kabellar va x.k. qurilmalarni kiritish mumkin.
GPS priyomnik
antennasi ufq yuqorisidagi, tanlangan, sputniklarni L1
va/yoki L2 chastotadagi o‘ng tomonlama doiraviy polyarizatsiyalangan
radioto‘lqinlarni qabul qilishga mo‘ljallangan. Elituvchi chastotalarning
modullashtirilgan to‘lqinini antenna
elektr tokiga aylantiradi, uning tarkibida
standart
va aniq kodlar, modulyatsiyalashgan navigatsiya ma’lumotlar oqimi
bo‘ladi.