- 92 -
bo‘lgan yerdan yoki suv yuzasidan qaytgan signallarni ajratib,
kesib tashlash
vazifasini bajaradi. Bu ajratuvchining o‘lchamlari antenna o‘lchamida ancha katta
bo‘ladi. Mikropoloskali antennalar diagramma yo‘nalishiga ega bo‘lib, o‘ng tomon
qutblanishidagi barcha signallarni qabul qilish imkonini yaratadi, bu esa o‘z
navbatida signallarni ko‘pyo‘lliligi bilan kurashishda qo‘shimcha vosita bo‘ladi,
SRNT (sputnik radionavigatsiya tizimi) signallarini akslanishi natijasida ularni
qutblanishi o‘zgaradi.
Mikropoloskali antennalar ichida keng tarqalgan antennalardan biri choke
ring – “yumshatuvchi (drossel) xalqalar” (5.3-rasm). Bunday antennalar
signallarning ko‘pyo‘lliligi bilan kurashishda juda samarali.
Xalqasimon antennaning yerga ulangan yuzasi
bir nechta konsentrik
devorchalar yoki xalqalardan iborat bo‘lib, ular antenna markazi atrofida doiraviy
asosga o‘rnatiladi, xalqalar orasida”doiraviy nov” shakli hosil bo‘ladi.
3.2.2-rasm. Shoke-ring tipidagi Dorne Margolin Model T antennasi
Yerga ulangan antenna yuzasini ishlash prinsipi quyidagicha bo‘ladi.
Antenna qabul qiladigan signalni tarkibi antennaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tushayotgan
va akslangan qismlardan iborat bo‘ladi. Kichik balandliklarda signalni kuchini
ozgina pasayishini inobatga olmaganda novlar to‘g‘ri signallarga ta’sir etmaydi;
katta balandliklar uchun yerga ulangan yuza ekranlanuvchi yassi yuzadek
ishlaydi. Novlar pastdan akslangan (qaytayotgan) signallarga ko‘proq ta’sir etadi.
Akslanayotgan signallarni elektromagnit maydonini yerga ulangan antenna
atrofidagi birlamchi va ikiilamchi to‘lqinlar maydonining yig‘indisi sifatida qarash
mumkin. Yerga ulangan antenna tekisligini vazifasi
akslangan birlamchi va
- 93 -
ikkilamchi signallarni birini ikinchisi bilan tayinli ravishda so‘ndirishdan iborat,
lekin shu bilan bir vaqtda to‘g‘ri signalni ustunliligichcha qoldirish. Agar birlamchi
va ikkilamchi signallarning amplitudalari bir hil bo‘lib, fazalari 180° ga farq qilsa,
u holda akslanayotgan signallarni ikki tashkil etuvchilari antenna chiqishida
so‘nadi, va shu bilan signallarni ko‘pyo‘lliligi bosiladi. Shunday qilib, halqasimon
antenna faqat ayrim rezonans rejimdagi chastotalarga optimal ta’sir etadi.
Bunday yerga ulangan antenna yuzasida ko‘pyo‘llikni to‘liq bosish ma’lum
burchak ostidagi balandliklarda bo‘ladi, boshqa balandliklarda ko‘pyo‘llilik
qisman bosiladi. Ko‘pyo‘lliklikni bosilishi zenit (tik) balandliklarda
maksimum,ufiqga yaqin balandliklarda minimum bo‘ladi. Choke ring antennalari
faqat bir chastota uchun loyihalashtiriladi. Agar antenna L1 diapozon uchun
loyihalashtirilgan bo‘lsa, unda L2 diapozonga ta’sir etmaydi va aksincha, agar L2
diapozonga loyixalashtirilgan antenna bo‘lsa, u holda L1
diapozoniga foydasi
sezilarli bo‘lmaydi. Oxirgi vaqtlarda L1 va L2 chastotalarni alohida
optimallashtiradigan ikki chastotali choke ring antennalari paydo bo‘ldi.
Vintsimon spiral: vintsimon (gelikal) , bifilyar, kvadrifilyar va boshqa
tipdagi turli antennalarda kesuvchilar (ajratuvchilar) ishlatilmagan.
Vintsimon antenna umumiy o‘qda ortogonal orientirlangan ikkita bifilyar
spiral o‘ramdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan antennalar kabi u barcha yo‘nalishli diagrammaga
ega bo‘lib, o‘ng tomonlama aylanma polyarizatsiyalangan
signallarni qabul
qilishga mo‘ljallangan. Ko‘pyo‘lilik ta’siri katta bo‘lishiga qaramasdan, bu tipdagi
antennalar kichik va o‘rta balandliklardagi sputniklarning signallarini
kuchaytirish koeffitsienti katta.
Odatda
GPS
priyomniklarining
antennalarini
turli
xildagi
shikastlanishlardan saqlash uchun radioshaffof, signallarni susaytirishi kichik
bo‘lgan, plastik qobug‘ (yopma) bilan himoyalangan. Bu signallar juda ham sust,
ularning kuchi geostatsionar TV sputniklarniki kabi.
GPS signallarini
strukturasida va priyomnik signalni toraytirish qobiliyatida efirni umumiy
- 94 -
shovqin fonidan GPS signalini ajratish antennalarga emas, priyomniklarga bog‘liq.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan antenna kam shovqinli oldkuchaytirgich bilan
signalni kuchlantirib, so‘ngra priyomnikka uzatiladi.
Priyomnikni ichki qurilmalaridan o‘tishida GPS signallari ma’lum darajada
so‘nadi. Antenna va priyomniklarni ayrim kombinatsiyalari yetarli darajada
sezgir bo‘lib, yog‘och imoratlar,
avtomobilni pribor shitida, samolyot deraza
o‘yig‘ida signallarni qabul qiladi, lekin imkoniyati boricha antenna yuqorisi to‘liq
ochiq, atrofida devor va to‘siqlari bo‘lmagan joyga o‘rnatish tavsiya etiladi.
Daraxtlarning qalin va ayniqsa nam barglari bo‘lgan ochiq osmonli joylarda
antennalar va priyomniklarning turli kombinatsiyalarida ham signallarni qabul
qilish (sputniklarni kuzatishni) qiyinlashadi.Agar tarmoqlantirgich (splitter)dan
foydalanilsa, bitta antenna ikkita yoki bir nechta priyomnikka xizmat qilishi
mumkin. Tarmoqlantirgich oldkuchaytirgichga barcha priyomniklar ichidan faqat
bittasi orqali doimiy tokni o‘tkazishi lozim va priyomnik
portlari orasidagi
ma’lum darajadagi o‘zaro izolyatsiyani ta’minlashi, ya’ni ular orasida hech qanday
halal beruvchi bo‘lmasligi kerak.