• 2.8. Raqamli nivelirlarni tadqiq qilish va tekshirish.
  • Mexanizatsiyalash muhandislari instituti




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/120
    Sana16.12.2023
    Hajmi9,23 Mb.
    #121051
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120
    Bog'liq
    137 ЗГА-Дарслик-2020-5

    Mavzuga oid savollar 
    1. 3 metr uzunlikdagi reykalarni to‘g‘ri va teskari yo‘nalishda tekshirishga qancha 
    vaqt ketadi? 
    2. Reyka bo‘yicha sanoq olishda gorizontal vizir nuri necha gradusga o‘zgaradi? 
    3. Sistema diametri necha sm bo‘lgan ko‘zgu qo‘llaniladi? 
    2.8. Raqamli nivelirlarni tadqiq qilish va tekshirish. 
    Kompensatorli nivelirlarni tekshirish va tadqiqqilish operatsiyalari 
    ishlarda berilgan batafsil yoritilgan. 
    «Nivelirlar tekshirish uslublari» MIBGEI 07-90 “Nivelirы. Metodika 
    poverki»ga muvofiq asboblarni tekshirishning asosiy shartlari quyidagilardan 
    iborat: 


    - 78 - 
    - tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, komplektligini, nivelirning xarakatlanuvchi 
    uzellarining o‘zaro harakatini va ishga yaroqligini,shtativ mustahkamligini
    kompensatorning ishga yaroqligini tekshirish; 
    - doiraviy adilakni to‘g‘riligini tekshirish; 
    - dalnomer koeffitsentini va dalnomer iplar to‘ri assimetriyasini aniqlash;
    - qarash trubasini qayta fokuslashda vizir o‘qini siljishini (holatini 
    o‘zgarishini) aniqlash; 
    - kompensatorni tekshirish; 
    - stansiyada nisbiy balandlikni o‘lchash o‘rta kv. xatosini aniqlash; 
    - 1 km ikkilangan nivelirlash yo‘lda nisbiy balanlikni o‘lchash o‘rta 
    kvadratik xatosini aniqlash. 
    Raqamli nivelirlar normal ishlashi uchun qator shartlarga rioya qilishnishi 
    lozim: 
    - qarash trubasi va qabullovchi optika-elektron sistema o‘qlarining 
    o‘qdoshligi; 
    - qarash trubasini qayta fokuslashda kodli reykaning tiniq ta’svirini iplar 
    to‘ri tekisligida va shu bilan bir vaqtda ZBAqabullovchi qurilmaning sezuvchan 
    tekisligida shakllantirish; 
    - vizirlash chizig‘ining gorizontal emasligi tufayli sodir bo‘luvchi xatolik 
    minimal bo‘lishli kerak. Kompensatorni harakatlanuvchi elimentining 
    tebranishini 
    yaxshi 
    dempfirlanishinita’minlash 
    va 
    yetarli 
    kompensatsiyalanmasligi (yoki ortiqcha kompensatsiyalanishi) tufayli kelib 
    chiquvchi xatolikni sanoqlarga ta’sirini minimallashtirish. 
    Bu shartlarning bajarilishi asbobni yig‘ish jarayonida erishiladi. Yig‘ish 
    uchun quyidagi uskunalardan foydalaniladi: kompensator va dalnomer iplari 
    bilan ta’minlangan kollimator; shtrix-kod imitatori; nivelirni mahkamlash uchun 
    qurilma; ZBA-qabullovchi qurilmani va bo‘luvchi prizmani o‘rnatish (sozlash) 
    uchun texnologik mikroskop. Nivelirni yig‘ish doiraviy adilakni puxta sozlashdan 
    boshlanadi. So‘ngra nivelirning qarash trubasini kollimatorning iplar to‘riga 


    - 79 - 
    to‘g‘rilanadi. Shundan so‘ng kompensator blokini o‘rnatish va sozlash amalga 
    oshiriladi. Shu bilan birga yetarli bo‘lmagan kompensiyalash (ortiqcha 
    kompensatsiyalash) va gorizantal tekislik va vizirlash chizig‘i orasidagi i burchak 
    to‘g‘rlanadi. i burchaknito‘g‘rlash iplar to‘rini siljitish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
    Shtrix-kodlar imitatori va texnologik mikroskop yordamida, yorug‘likni bo‘luvchi 
    prizmani siljitish bilan, o‘qdoshlikka va bir vaqtda yorug‘lik dastasini qabullovchi 
    qurilmaning sezuvchan yuzasida va nivelirning iplar to‘rida fokuslanishiga 
    erishiladi. Yig‘ish tugagandan so‘ng,komp’yuter yordamida reykani qora va oq 
    shtrixlari kontrol uchun o‘qib olinadi. Bazisda dalnomerning doimiysi aniqlanadi 
    va asbob mikro EXM ining xotirasiga yoziladi. i burchak aniqlanadi, uni tuzatish 
    uchun tuzatma hisoblanadi, u ham kompyutor yordamida asbobning xotirasiga 
    yoziladi. Raqamli nivelirlarni ayrim tadqiqotlarini va tekshirishlarini ko‘rib 
    chiqamiz. 
    Raqamli nivelirlarni avtomatlashtirilgan hisoblash sistemasini ajrata olish 
    qobilyatini tekshirish uchun, LVermA NRW tipidagi vertikal interfrension 
    komporatordan foydalaniladi. Nivelir va reyka orasidagi masofa 11 metr qilib 
    olindi. Nivelir reykasi vertikal yo‘nalishda 0,02 mm oraliq bilan siljitildi. Xar bir 
    intervalda (oraliqda) olingan sanoq “u” o‘qi bo‘yicha qo‘yilgan “x” o‘qi bo‘yicha esa 
    reykani siljitish intervali (oralig‘i) qo‘yilgan. Bog‘liqlik zinapoya ko‘rinishiga ega, 
    o‘lchash natijalari 0,1 mm gacha yaxlitlangan. Nivelir tablosida 0,01mm aniqlikda 
    berilgan o‘lchash natijalari aniqlik jixatidan past. 
    O‘lchash bajariladigan joylardagi xarorat sharoiti transporda tashish 
    haroratidan yoki asbobni saqlash harorati farq qiladi, shu sababli texnik 
    adabiyotlarda o‘lchash boshlangunga qadar, asbobni «iqlimlanishi» (haroratga 
    moslanishi) uchun bir oz kutishni tavsiya etiladi. Bu holda shunday savol tug‘iladi, 
    kutishning qancha vaqti optimal (maqbul) hisoblanadi?Atrof muhit 
    sharoitinio‘zgarishi tufayli o‘lchash aniqligini pasayishining sababini, 
    kompensatorni xarakatlanuvchi elementidan izlash mumkin.Kompensator 
    qismlarida haroratning notekis o‘zgarishi vizir chizig‘ini qiyalik burchagini 


    - 80 - 
    o‘zgarishiga olib keladi. Harakatni o‘zgarishta’sirini aniqlash uchun, tadqiqot 
    qilinadigan NA 3000 niveliri 40

    li haroratda 10 soatga yaqin ushlab turilgan. 
    Asbob termokameradan chiqarilgandan so‘ng 20,5
    0
    S li doimiy haroratdagi 
    xonada, muntazam har 0,5 minut oralig‘ida harakatlanmaydigan joyga o‘rnatilgan 
    reykadan o‘lchash bajarilgan. 3.19 rasmda 120 minut davomida olingan o‘lchash 
    natijalari keltirilgan. Rasmdan ko‘rishimiz mumkinki vizir chizig‘ining holati 
    0,6....., 0,7 mm gacha o‘zgargan. Demak vizir chizig‘ini holatini stabilizatsiyalash 
    uchun 100 minutdan ortiq kutish kerak bo‘ladi, 5 minut vaqt oralig‘ida, 1

    S ga 
    to‘g‘ri keladi, deb xulosa qilishimiz mumkin. 
    Kompensator bilan nivelirning vizirlash chizig‘ini gorizontal holatda 
    o‘rnatish aniqligi kompensatorning sezuchanligiga bog‘liq. Sezuvchanlik o‘z 
    navbatida kompensator detallarini tayyorlash va yig‘ish sifatiga, optik elementini 
    (podveskasini) osuvchi iplarni tayyorlash texnologiyasiga va sifatiga, ularga 
    mahkamlangan 
    optik 
    elementning 
    massasiniosuvchi 
    iplarining 
    ko‘ndalangkesimiga to‘g‘ri nisbatda bo‘lishiga bog‘liqdir. NA 3000 
    kompensatorining sezuvchanlik ostonasi -0,25” ....0,28”, NA 2000 nivelrini 
    kompensatorini sezuvchanlik ostonasi 0,33

    ni tashkil etadi. Sezuvchanlikostonasi 
    kollimator yordamida vizual kuzatish orqalianiqlash mumkin.
    Osiluvchi sistemalarni tayyorlash va sozlash xatoliklaridan yuzaga 
    keluvchi kompensatsiyalash («ortiqcha kompensatsiya» yoki «yetarli bo‘lmagan 
    kompensatsiya») qoldiq xatoligi kompensatorini ishlash chegarasi 

    10

    ga teng 
    bo‘lgan NA 3000 niveliri, - ishlash chegarasi 

    12

    ga teng bo‘lgan NA 2000 
    nivelirini tadqiqotlario‘tkazildi. O‘lchash to‘g‘ri va teskari yo‘nalishdabajarildi. 
    Agar asbobning qiyaligi chekli qiymatdan oshsa unda asbobning tablosida xatoga 
    yo‘l qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumot paydo bo‘ldi. 
    Kompensatsiya qoldiq xatoligi sistematik xarakatlarga ega, qoldiq xatolik 
    nivelirning qiyalik burchagiga proporsional. Ushbu rasmlarda keltirilgan egri 
    chiziqlarda gisterezisga (elastik natijaga) sarflanuvchiishni xarakterlovchi 
    gisterezisli halqalar yo‘q, bundan kelib chiqadiki osish uchun yuqori darajada 


    - 81 - 
    egiluvchan materiallar qo‘llaniladi va kompensatsiya sifatiga gisterezis ta’sir 
    ko‘rsatmaydi. Zamonaviy nivelirlarda osish uchun to‘g‘ri burchakli kesimga 
    (torsionlar) ega lentalar qo‘llanilishi asboblarni yon tomonga og‘ishida osiq 
    sistemalarining burilishini kamaytirishga imkon yaratadi va shunday qilib, 
    kompensator bloki qaytaruvchi yuzasining qo‘shimcha og‘ishini yo‘qotadi. 
    Hozirgi vaqta korxonalarning metrologik bo‘limlarida ishlash diapozonini 
    nazorat qilish vizir o‘qini o‘zi o‘rnatish xatoligini, kompensator ishlashidagi 
    sistematik xatolarni, nivelir kompensatorlarining xarakteristikasini nazorat 
    qilish uchun optikmexanik tekshirish qurilmalaridan keng foydalaniladi. Odatda 
    qurilma fokus masofasi f=500 mmdan kichik bo‘lmagan kollimatordan, hamda 
    o‘lchov vintining bo‘lak qiymati 1

     5

    ga teng bo‘lgan mexanik ekzamenatordan 
    tashkil topgan. Kompensatorning optik o‘qi va nivelirning vizir nuri orasidagi 
    burchaklarni muvofiqligining buzilishini o‘lchash jarayoni hozirgacha 
    avtomatlashtirilmagan.
    Raqamli kollimator, kompyuterbilan birgalikda kollimator optik o‘qi va 
    nivelirning vizir o‘qi orasidagi burchaklarning muvofiqligining buzilishini talab 
    etilgan aniqlikdagi o‘lchashni ta’minlovchi,komp’yuter dasturi, o‘lchash 
    natijalarini taxlil qilish, nivelir kompensatorlarni tekshirish uchun 
    avtomatlashgan ishchi o‘rinni barpo etish imkonini beradi, uning sxemasi 3.22-
    rasmda keltirilgan. Iplar to‘rini yorug‘lashtirish uchun nurlatish manbai sifatida 
    nurlanish to‘lqin =635nmga teng bo‘lgan yarim o‘tkazgichli lazer diodidan 
    foydaliniladi. ZBAni kompyuterga oson o‘lanishi raqamli kollimatorning 
    o‘lchovchi elementi sifatida ZBAdan foydalanish imkonini beradi; nivelir iplar 
    to‘rining kesishishi ta’svirining koordinatasini ZBAning sezuvchi elementini 
    o‘lchamiga bog‘liq xolda videosignalni qayta ishlash orqali 0,01 aniqlikda aniqlash 
    mumkin. 


    - 82 - 

    Download 9,23 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   120




    Download 9,23 Mb.
    Pdf ko'rish