- 74 -
qotiriladi.Qadamli uzatma yordamida yo‘naltiruvchi bo‘ylab chuqurligi 7 metrli
shaxtada salazkalar siljitiladi.Qo‘zg‘almas
mikroskop yordamida reyka
tasvirining taxlili uchun ikkita fotodiodli yorug‘lik bo‘luvchi blokdan va
interferametrdan foydalaniladi, birinchi qayd qilingan shtrixning o‘rtasiga
nisbatan reyka kod shtrixining o‘rta holati avtomatik ravishda qayd qilinadi.
Birinchi kod shtrixning holati 0,000 mmga teng deb olinadi. LVermA NRW
komparatori + 4 S dan + 45 S gacha xarorat oralig‘idagi
harorat kamerasida
joylashadi va invar reyka bo‘laklari xatoliklarni aniqlash va ularning temperatura
ta’siridagi deformatsiyasini aniqlash uchun qo‘llanilishi mumkin.
Chunki invarni chiziqli kengayishining harorat koeffitsenti yaxshi ma’lum,
shuning uchun reyka uzunligining harorati o‘zgarishining hisobi algebraik yo‘l
bilan bajarish mumkin. Invar yo‘llarga bo‘yoqqatlamni noto‘g‘ ri tushirishda
«tortilish» tufayli yuzaga keluvchi hatoliklar ma’lum. Invar reyka korpusini
tayyorlash sifatiga va invar yo‘llarni korpusga maxkamlash usuliga ham ko‘p
narsalar bog‘liq. Odatda korpus aluminiydan tayyorlanadi.
NEDO firmasining
yuqori aniqlikdagi reykalarida invar yo‘llar «juda yumshoq» o‘rnatuvchi ship
bilan korpusga mahkamlanadi, bunday mahkamlashharorat o‘zgarganda
deformatsiyaga olib kelmaydi. Plastmassakorpusli eng reykalarham mavjud. Ular
vazn bo‘yicha yengil, ammo plastmassali korpusga invar polosani chekkalarini
tiralishi,chiziqli kengayish temperatura koeffitsentlarining katta farqlari tufayli
defformatsiyani (egilishni) yuzaga keltiradi. LvermA NRW komparatori
yordamida haryili230 ga yaqin nivelirlash
reykalari tekshiriladi, ulardan 90%
kodli reykalardir.
80-yillar oxirida ishlab chiqilgan,tariflangan komparatorning kamchiligi
shundan
iboratki , faqat katta bo‘lmagan kenglikdagi shtrixlar holatiniqayd
etuvchi mikroskopga egadir. Shu sabablikodli reykalarni tekshirishda, shtrixlar
turli kenglikda bo‘lganligi uchun barcha shtrixlarni tushirish sifatini baholab
bo‘lmaydi. Tekshirish paytida, reykaninguzunligi bo‘yicha paydo bo‘ladigan faqat
sistematik tashkil etuvchi xatoliklari aniqlanadi.
- 75 -
Invar reykalarni tekshirish uchun Bundesver
Myunxen Unversitetining
(Universität der Bundeswehr München) geodezik laboratoriyasida gorizontal
koparatordan foydalaniladi.faqat bir fotoqabullovchiga ega bo‘lganbu
komparatorning mikroskopi yordamida kod shtrixlarining chetlarini holati, ya’ni
yorqin kod yuzasidan qora kodga o‘tish va aksincha qorakod yuzasidan yorqinga
o‘tish aniqlanadi. Reykaning surilishi to‘g‘ri va teskari, ya’ni ikki yo‘nalishda
amalga oshiriladi. Fotoqabullovchi qurilma chiqishda to‘g‘ri va teskari yo‘llarda
qayd qilinuvchi ikkita kuchlanishning VTrig (2.7.1-rasm) o‘rtachasiga to‘g‘ri
keluvchi, shtrix chekkasining o‘rta holatlari hisoblanadi.