moliyalashtiriladigan sub’ektlarda ayrim o‘ziga xos hisob ob’ektlari mavjud. Bularga davlat
byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar; byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qilingan sarflar
(tasdiqlangan smetalar bo‘yicha); pullik va hisob-kitob muomalalari misol bo‘ladi.
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri
ostida kechadigan bozor
iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining asosiy tamoyillari ularni
baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobida baholanishi lozim bo‘lgan asosiy ob’ektlarni quyidagicha turkumlash
mumkin (11.1-rasm):
Asosiy vositalar
Hisob
ob’ektlari
Nomoddiy aktivlar
Materiallar
Tayyor mahsulotlar
Tovarlar