Kalkulyatsiyalashning mohiyati va ahamiyati




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/371
Sana21.11.2023
Hajmi4,92 Mb.
#102937
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   371
Bog'liq
Buxgalteriya

2.6. Kalkulyatsiyalashning mohiyati va ahamiyati 
 
Materiallarni tayyorlash, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan 
bog‘liq xarajatlar buxgalteriya hisobining alohida schyotlarida joriy tartibda guruhlanadi. 
Tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar 
birligining tannarxini aniqlash buxgalteriya hisobida kalkulyatsiyalash deyiladi. 
Kalkulyatsiyaning juda keng ma’nodagi mazmuni xarajatlarni bir tizimga keltirish va ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi to‘g‘risida 
ma’lumot shakllantirishdan iborat. Nisbatan tor ma’noda-har xil xarajatlarni yagona pul o‘lchovida 
umumlashtirish va ularni mahsulot(ish, xizmat)lar turlari bo‘yicha guruhlash usulidir. 
Barcha xarajatlar yagona pul o‘lchovidan ifodalanib, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlanadi 
va mahsulot(ish, xizmat)lar birligining tannarxi hisoblanadi. Birinchi qarashda oddiy bo‘lib ko‘ringan 
bu ish juda murakkab va sermehnat jarayon hisoblanadi. Uning muammolari maxsus 
kalkulyatsiyalash nazariyasini va kalkulyatsiya ishining turli amaliy jihatlarini vujudga keltirdi. 
Kalkulyatsiyalash masalalarining murakkabligi eng avvalo xo‘jalik jarayonlarining xilma-
xilligi, ishlab chiqarishning tashkiliy va texnologik shart-sharoitlari murakkablashuvi bilan bog‘liq. 
Murakkablik xarajatlarni guruhlash uchun asos tanlash paytidayoq vujudga keladi. Bu yerda bir 
qancha asoslar mavjud: kalkulyatsiyalash ob’ekti, xarajatlar elementi, tannarx moddalari. 
Kalkulyatsiyalash ob’ektlari – bu tannarx hisoblash uchun xarajatlarni guruhlash asosidir. 
Ayrim ishlab chiqarishlarning tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tannarx hisoblash 
har xil usullar yordamida bajariladi, buni hisoblash jarayoni esa buxgalteriya hisobining alohida 
bo‘limi bo‘lib, uni kalkulyatsiya ishi deb atash mumkin. Uning asosini belgilangan tartibda 
tasdiqlangan tegishli me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadigan, xarajatlarni yagona pul o‘lchovida 
umumlashtirish va ularni ma’lum ketma-ketlikda guruhlash yo‘li bilan mahsulot, ish va xizmatlar 
tannarxini hisoblash tashkil etadi.


Xarajatlarning alohida turlarini ilmiy asoslangan normalar va normativlar negizida 
rejalashtirish, hisob va kalkulyatsiyani, xarajatlar shakllanishining nazorati va auditini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish mahsulot (ish, xizmat) tannarxini boshqarish tizimining asosini tashkil etadi. 
Xususan, ichki nazoratning vazifalari barcha xo‘jalik muomalalarining to‘liqligi va 
qonuniyligini, jumladan schetlar guruhlari bo‘yicha jamlangan summalarni arifmetik tekshirishdan 
iborat.
Kalkulyatsiyalash masalalari buxgalter oldida xo‘jalik mablag‘lari doiraviy aylanishining 
barcha bosqichlarida (ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) vujudga keladi.
Mahsulotlar tannarxini hisoblash jarayonida kalkulyatsiyalash ob’ekti va kalkulyatsiya birligi, 
xarajat elementi va xarajat moddasi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim.

Download 4,92 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   371




Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Kalkulyatsiyalashning mohiyati va ahamiyati

Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish