• Elektron hujjat almashish.
  • Elektron raqamli imzo.
  • Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc




    Download 0,89 Mb.
    bet26/44
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #249215
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
    Bog'liq
    Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)

    Elektron hujjat. Elektron hujjatga O‘zbekiston Respublikasining
    «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» 2004-yil 29-apreldagi 611-II-son qonunida1 quyidagicha ta’rif berilgan: «Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir».


    1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2004. – № 20. – 230-м.
    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlari- dan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
    Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

    • elektron raqamli imzo;

    • elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

    • elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;

    • hujjat yaratilgan sana.

    Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
    Elektron hujjat qog‘oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan teng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
    Elektron hujjat almashish. Bunda hujjat elektron ko‘rinishda kompyuter, telekommunikatsiya va Internet tarmog‘i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizim- lardan (masalan, E-hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi.
    Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot tizimlari orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisidir. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan, shartnomalar) tuzish, hisob- kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin.
    Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo (ERI) O‘zbekiston Respublikasining «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida» 2003-yil 11- dekabrdagi 562-II-son qonuniga1 binoan quyidagicha ta’riflanadi: «Elek- tron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo».
    Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda, elektron raqamli imzo qog‘oz hujjatga shaxsan qo‘yilgan imzo bilan bir xil aha- miyat, kuchga egadir. ERI manba va ma’lumotlar butligini tekshirish


    1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2004. –
    № 1–2. – 12-м.
    hamda soxtalashtirishdan muhofazalash imkonini beradi. ERI kalitlari sertifikatlari ro‘yxatga olish markazlari tomonidan beriladi.

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc

    Download 0,89 Mb.