22
energiya bilan ta’minlashga, elektr stansiyalarining quvvatidan to‘laroq
foydalanishiga, ta’mirlash ishlarini osonlashtirish imkonini beradi. Har bir
elektr stansiyasida bir nechta generator o‘rnatilgan bo‘lib, elektr
sistemasida yuzlab generatorlar parallel ishlaydi. Ana shuning uchun ham
har bir generatorning quvvati energetika sistemasida yuklanishni har
qanday o‘zgarishi bilan sistemada ishlayotgan generatorning chastotasi va
kuchlanishi amalda o‘zgarmaydi.
SG ni elektr tarmog‘iga yoki ishlab turgan generatorlar bilan parallel
ulash uchun quyidagi shartlar bajarilishi shart:
1. Sinxron generatorning EYK E
G
elektr tarmog‘i kuchlanishiga teng
(
T
G
U
E
) va faza jihatdan 180, ya’ni teskari yo‘nalgan bo‘lishi lozim;
2. SG ning chastotasi f
G
elektr tarmog‘ining chastotasi f
t
ga teng (f
G
= f
t
)
bo‘lishi kerak;
3. Uch fazali SG va elektr tarmog‘i fazalarining ketma-ketligi bir xil
bo‘lishi kerak.