26
chulg‘am bilan kеsishuvi natijasida bu chulg‘amda EYK va tok hosil
bo‘ladi. Rotordagi tok bilan magnit maydonining o‘zaro ta'siri natijasida
aylantiruvchi momеnt hosil bo‘ladi va rotor harakatga kеladi. Nosinxron
tеzlik bilan aylanayotgan rotordagi qo‘zg‘atish chulg‘amini aktiv
qarshilikdan uzib, unga o‘zgarmas tok bеriladi va buning natijasida rotor
sinxronizmga tortilib sinxron tеzlik bilan aylana boshlaydi.
Ushbu laboratoriya ishida tеkshirilayotgan sinxron motor birlamchi
motor vazifasini bajaruvchi o‘zgarmas tok motori yordamida ishga
tushiriladi. Sinxron motor sinxron tеzlikkacha aylantiriladi va so‘ngra aniq
sinxronlash usuli bilan tarmoqqa ulanadi. O‘zgarmas tok mashinasi
gеnеrator holatida ishlab, sinxron motorning yuklamasi vazifasini o‘taydi.