27
2. Sinxron motorning U-simon tavsiflari bitta grafikda chiziladi. Bu
tavsifning ko‘rinishi 3-rasmda ko‘rsatilgan.
Sinov savollari
1. Uch fazali generatorning tuzilishi va ishlash printsipini gapirib bеring.
2. Generatorning U-simon tavsiflari qanday olinadi?
3. Sinxron generator qanday tarmoqqa ulanadi?
4-laboratoriya ishi
Uch fazali sinxron motorning ish tavsiflarini tekshirish
1. Ishni bajarishdan maqsad
1. Uch fazali sinhron motorning tuzilishi, ishlash prinsipi va ishga
tushirish usullarini o‘rganish.
2. Sinxron motorning ish tavsiflarini olish va grafikda qurishni
o‘rganish.
2. Ishni bajarish yuzasidan topshiriqlar
1. Sinxron motorning tuzilishi va tajriba qurilmasiga kiradigan barcha
jihozlar bilan tanishiladi.
2. Sinxron motorning pasportida ko‘rsatilgan texnik ma’lumotlar bilan
tanishib, ularni hisobot daftariga yozib qo‘yiladi.
3. 2-rasmda keltirilgan sxema yig‘iladi.
4. Sinxron mashina birlamchi motor yordamida ishga tushirilsin va o‘z-
o‘zidan sinxronlash usuli bilan elektr tarmog‘iga ulansin.
5. Sinxron motorning ish tavsiflari I
1
, P
1
, M, cos, =f (P
2
) bunda
U=U
n
=const; n=n
n
=const; i
q
=const bo‘lishi lozim.