Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
ular yetkazdi. Men esa sening orzu-o‘ylaringning, sening Taqdiringning bir bo‘lagiman. 
Shuning uchun ham men sening bir joyda to‘xtab qolmasligingni, balki qidirayotgan 
narsangni izlayverishingni xohlayman. Agar urush tugashini kutishingga to‘g‘ri kelsa, bu 
fojea emas. Biroq ertaroq jo‘nashga imkon tug‘ilsa, jo‘na, o‘z Taqdiringni izlab yo‘lga 
chiq. Shamol qum barxanlarining shaklini o‘zgartiradi, xolos, sahro esa aslicha 
qolaveradi. Bizning sevgimiz ham aslicha qoladi. 
Maktub. 
Chindan men agar sening Taqdiringning bir bo‘lagi esam, qachondir sen menga 
qaytasan. 
Bu gaplar Santyagoning dilini ranjitdi. Bo‘zbola yo‘l-yo‘lakay yodiga oldi: tanish 
cho‘ponlarning dashtu dalalarni — uzoq-uzoqdagi yaylovlarni kezmay yashay 
olmasliklariga xotinlarini ishontirishning o‘zi bo‘lmasdi. Ha, sevgi doim suyganing yonida 
bo‘lishni talab qiladi. 
Ertasi kuni u Fotimaga bu haqda gapirdi. 
— Sahro bizning mardumlarni olib ketadi va har doim ham qaytib bermaydi, — javob 
qildi qiz. — Biz buni bilamiz, shunga ko‘nikkanmiz. Garchi ular qaytishmasa-da, biroq 
doimo biz bilan birga: ular yomg‘ir bo‘lib yog‘maydigan bulutlar, tog‘u toshlar orasiga 
bekingan
yirtqichlar, yer bizga in’om etgan zilol suv. Ular butun borliqning bir bo‘lagi bo‘lib 
qoladi... Ular Olam Qalbiga qovushib singadi. 
Ayrimlariga qaytib kelish nasib etadi. Shunda ayollarning hammasiga bayram bo‘ladi, 
chunki mardumlari — ularning kutayotganlari ham bir kunmas bir kun uyiga keladi. 
Burunlari men bu ayollarga havas bilan qarar edim. Endi mening ham kutadiganim bor. 
Men — sahro ayoliman va bundan g‘ururlanaman. Istagim, mening erim, xuddi qumni 
to‘zdirgan shamolday, erkin bo‘lsa. Istagim, u bulutlardan, yirtqichlardan va suvdan ayri 
tushmasa. 
Santyago angliyalikni izlashga tushdi. Bo‘zbola unga Fotima haqida gapirib berishni 
xohlardi, angliyalikni ko‘rib ajablandi: u chodirining biqiniga o‘choq o‘rnatib, ustiga 
shisha idish qo‘yibdi. Angliyalik o‘choqqa o‘tin qalab, olovning yonishini to‘xtatmas va 
sahroga qarab-qarab qo‘yardi. Uning ko‘zida uchqun paydo bo‘lgan, kitobdan bosh 
ko‘tarmay yurgan kunlarda bu sezilmasdi. 
— Bu ishning birinchi bosqichi, — tushuntirdi u Santyagoga. — Notoza oltingugurtni 
ajratish kerak. Muhimi — hech ish chiqmasligidan qo‘rqmaslik zarur. Men shu kungacha 
qo‘rqib kelganim uchun Ulug‘ Ijodga qo‘l ura olmadim. Hozir qilayotgan bu ishni o‘n yil 
burun amalga oshirish mumkin edi. O‘n ikki yil emas, o‘n yil kutganim ham bir baxt. 
Shunday deb u o‘choqqa o‘tin joylab, sahroga tag‘in qarab-qarab qo‘ydi. Santyago uning 
yonida botayotgan quyoshning nurlari qumni qirmizi tusiga bo‘yaguncha o‘tirdi. Shunda 
uning yuragida o‘sha yoqqa, sahroga ketish ishtiyoqi alanga oldi, sahro sukunati uning 
savollariga javob topib bera bilarmikan, shuni sinamoqqa shaylandi. 
U uzoq sandiraqlab yurdi, ora-sira vohani ko‘zdan qochirib qo‘ymadimmi deb, orqasiga 
burilib xurmo daraxtlariga qarab-qarab qo‘ydi. U shamolning ovozini eshitdi, oyog‘ining 
ostida toshlarni his etdi. Ba’zan chig‘anoqlarga ko‘zi tushdi — bir zamonlar, qadim-
qadimda sahroning shu joyida dengiz bo‘lgan. Keyin tosh ustiga o‘tirdi va xuddi 
sehrlanganday nigohini ufqqa qadadi. U sevgini visoldan ayri holda tasavvur eta 
olmasdi, biroq Fotima sahro qizi, agar uning qalbida visol ishtiyoqi paydo bo‘lsa, bu 
faqat sahroning sharofati tufayli. 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish