Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/67
Sana28.11.2023
Hajmi308,52 Kb.
#106877
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
Bog'liq
Alkimyogar (Paulo KOELO) @worldof books

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Bo‘zbola shu zayl, hech narsa haqida o‘ylamay, boshi ustida yengilgina shamol esib 
o‘tganini payqaguncha o‘tirdi. Osmonga qaraganda tepada charx urib uchayotgan bir juft 
qirg‘iyni ko‘rdi. 
Santyago ularning parvozini ancha kuzatib, samoda ajib kashtalar chizib 
uchishayotganidan zavqlanib o‘tirdi. Aftidan, qirg‘iylarning charx urib uchishida biror-bir 
ma’noyu maqsad yo‘qday, biroq bo‘zbola ularning parvozida qandaydir mazmun 
yashiringanini his etdi, faqat bu nimaga ishora ekanini aytib berolmasdi. U qirg‘iylarning 
harakatini ko‘zini uzmay kuzatishga qaror qildi — ehtimol, shunda ularning tilini tushunib 
olar. Balki shunda sahro unga visoldan xoli sevgi nimaligini ayon etar. 
Tuyqusdan uni uyqu bosa boshladi. Yuragi esa bunga monelik qilib: “Sen Umum Tilidan 
voqif bo‘lishga yaqin turibsan, bu o‘lkada hamma narsaning, hatto qirg‘iylarning ko‘kdagi 
parvozining ham mohiyati bor”, derdi go‘yo. Santyago qalbiga muhabbat ato etgani 
uchun taqdiriga shukr qildi. 
“Sevganingda olamdagi narsalarning ma’no-mazmuni yanada to‘lishadi”, — o‘yladi u. 
Shu chog‘ qirg‘iylardan biri ikkinchisining tepasiga tik sho‘ng‘ib uchdi va tuyqusdan 
bo‘zbolaning ko‘ziga qilichlarini yalang‘ochlab vodiyga kirib kelayotgan jangchilar ko‘rinib 
ketdi. Bu ko‘rinish lip etdiyu, ko‘nglida xavotir uyg‘otib nazaridan qochdi. U saroblar 
haqida ko‘p eshitgan, ularni o‘zi ham bir necha bor ko‘rgan, odamning xohish-istaklari 
sahro qumlari orasida jonlanganday namoyon bo‘lishini bilar edi. Biroq vodiyga 
qo‘shinning bostirib kirishini u mutlaqo xohlamayotgan edi. 
Santyago bu xavotirli o‘ylarni unutishga, yaxshisi qirmizi tusga kirayotgan qum va 
toshlarga termilib zavqlanishni davom etishga urindi. Biroq hushini yig‘ib olishga nimadir 
xalal berar, yuragini siqayotgan xavotir arimayotgandi. 
“Doimo belgilarga ergash”, — deb tayinlagan edi podshoh Malkisidq. 
Bo‘zbola Fotimani o‘yladi. Ko‘ziga ko‘ringan manzarani esladi va ko‘ngli sezdi: nimadir 
ro‘y beradi. 
U zo‘rg‘a hushini yig‘ib oldi. O‘rnidan turib ortga, xurmo
daraxtlari tomon yurdi. Olam unga yana bir bor ko‘p tillarda tillashishini ko‘rsatdi: endi 
sahro emas, vodiy xatarli edi. 
Sarbon orqasi bilan daraxtga suyanib o‘tiribdi, uning nigohi ham mag‘ribga qadalgan. 
Shu payt barxanlar ortidan Santyago ko‘rindi. 
— Bu yoqqa urush kelayapti, — dedi bo‘zbola. — Mening ko‘zimga ko‘rindi. 
— Sahro erkak kishining ko‘ngliga har narsani soladi, — javob qildi sarbon. 
Biroq bo‘zbola qirg‘iylarni, ularning parvozini kuzatganini va tuyqus Olam Qalbiga 
uyg‘unlashganini gapirdi. 
Sarbon ajablanmadi — bo‘zbolaning nimani gapirayotganini u tushunib turardi. Yer 
yuzidagi har qanday unsur butun zamin tarixini bayon etishga qodirligini u bilardi. 
Kitobning xohlagan betini ochib qara, odamning kaftiga termil, bir dasta qartadan 
xohlagan birini tanlab ol, qirg‘iyning osmondagi parvozini kuzat — albatta, ayni 
daqiqalarda kechayotgan hayotingga bog‘liq unsurlar bilan aloqani ko‘rasan. Bu yerda 
gap unsurlarning o‘zida emas, balki odamlarning ularga qarab, ularni kuzatib o‘zlari 
uchun Olam Qalbiga uyg‘unlashish yo‘lini ocha bilishlarida. 
Sahroda ko‘p odamlar Olam Qalbiga uyg‘unlashib olish qobiliyati orqasidan tirikchilik 
qilishadi. Ayollar va qariyalar bundaylardan cho‘chishadi, ularni sohibkaromat, deb 
atashadi. Jangchilar ularga kamdan-kam murojaat qilishadi, chunki o‘lishingni oldindan 
bilib jangga borish qiyin. Jangchilar nima bo‘lishini oldindan bilmay qo‘ya qolishni va 
urushning o‘zgacha shavqini tuyushni ma’qul ko‘rishadi. Taqdir Tangrining qo‘li bilan 
bitilgan, bitikda neki bor, bari Uning inshosi, Uning yozganlari esa doimo bandasining 


Alkimyogar (qissa). Paolo Koelo 

Download 308,52 Kb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word alkimyogar ziyouz com doc

Download 308,52 Kb.
Pdf ko'rish