Ozon qatlamining siyraklanishi:
Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimgava yer
yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi
azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bo’lib va parchalanib turishidir.
Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil
bo'ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni
himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir
qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab
bo'ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib
chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda
aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon
to'planishiga imkon bermayapti.
Chuchuk suv muammosi:
Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nihoyatda katta. Gidrosferada
chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining
chuchuk suvga bo'lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan
foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km
3
suv sarflanadi. Qurg'oqchil
zonalarda daryolar suvidan to'liq foydalanilgan xolda ularning suvi yetmay qolmoqda.
1980 yil boshlarida bundav holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil,
Amudaryo, Sirdaryo va ba'zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning
sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan ifloslanishi o'sib bormoqda. Sanoat yiliga
160 km3 sanoat va oqova suvlarini daryolarga tashlaydi. Bu ko'rsatgich daryolarning
umumiy suv miqdorining 10% ini tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan yilga
har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib
bormoqda.
|