• O`zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo`llari
  • O`zbekistondagi ekologik muammolar




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/14
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #230609
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Ekologik muammolar haqida

    O`zbekistondagi ekologik muammolar
    Bugungi kunda mustaqil o`zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo`lib, kelajakda 
    dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq - ovqat sanoati, transport 
    majmuini yanada rivojlantirish ko`zda tutulgan. Bunday ishlab chiqaruvchi 
    kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy - ekotizmlarning holatiga muayan 
    darajada salbiy ta`sir ko`rsatadi.
    Respublikada keskin bo`lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid 
    muammolar quyidagilar:
    1. Yirik hududiy - sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni Angren -olmaliq 
    Chirchiqlarda, Farg`ona- Marg`ilonda, Navoiy va boshqa rayonlardagi tabiatni 
    muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. 
    Chunki sanoat markazlarida chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni 
    ekolgik holatini buzulishiga olib kelmoqda.
    2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
    3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisetlar va mineral o`g`itlar bilan 
    ifloslanishi ham muammolardan biridir.
    4. O`simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash muammolari, 
    qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish .
    O`zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilash yo`llari
    O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish 
    borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
    Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy muvozanatni 
    saqlash; O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish samaradorligi va barqarorligini 
    ko`zlagan holda tabiiy resurslardan foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar 


    ishlab chiqarish va iste`mol jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan 
    resurslarni ishlab chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish;
    regional va lokal darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning 
    daslabki turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma - xiligini saqlash.
    Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli ekologik - iqtisodiy va 
    ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab qolish maqsadida aholini sifatli 
    ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo`yi aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa 
    bilan ta`minlash uchun Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida 
    yagona suv xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol 
    dengiziga quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo`yidagi barcha tabiiy ko`llarni saqlab 
    qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.

    Download 2,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 2,23 Mb.
    Pdf ko'rish