-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana13.05.2024
Hajmi173,65 Kb.
#228632
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Economic theory - lecture 3

3.1-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi 
Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari 
mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, 
shuningdek ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli 
formatsiyalarda o‘ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir 
formatsiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi. 
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish 
usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. 
Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada namoyish qilingan 
deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va 
kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda 
kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, 
Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha 
ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida 
mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va 
davlatning ana shu sharoitlarda alohida ro‘li bilan bog‘liq sifat xususiyatlari aks etadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
Ishlab chiqarish usuli 
Asos 
Ishlab chiqarish munosabatlari 
Ishlab chiqarish 
vositalari 
Mulkchilik, ishlab chiqarish, 
taqsimot, ayirboshlash, iste’mol 
va boshqa munosabatlar 
Siyosiy, 
huquqiy, 
mafkuraviy, 
milliy, oilaviy va 
boshqa ijtimoiy 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar 
Ishchi kuchi 


Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi 
sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi. 
«Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu 
tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt-ikki asr oldin kiritilgan 
bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo‘llanilgan. 
Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan o‘rganishda sivilizatsiyalarning 
almashuvi nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan 
iborat sivilizatsiyaning davomiylik muddatini ajratib ko‘rsatadilar: 
1) 30-35 asrni o‘z ichiga olgan neolit davri; 
2) 20-23 asrni o‘z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri); 
3) 12-13 asrni o‘z ichiga olgan antik davr (temir asri); 
4) 7 asrni o‘z ichiga olgan erta feodal davri; 
5) 4,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashishgacha bo‘lgan davr; 
6) 2,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashgan davr; 
7) 1,3 asrni o‘z ichiga olgan yuqori industrlashgan davr [1]. 
Bu qayd qilingan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va 
yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo‘l qo‘yilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini 
ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim 
xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va 
tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil 
etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat 
qilish zarur deb hisoblaydilar. 
Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni 
tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi. 
Ular o‘rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. 
Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o‘tish asosan mehnat vositalarining 
tavsifidagi o‘zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi. 
Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. 
Bular oddiy kooperatsiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy 
kooperatsiya-bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy 
shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir. 
Kooperatsiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari 
quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi: 
-
ko‘plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning 
yo‘qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi; 
-
bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg‘i, yoritish va boshqa shu 
kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarish 
vositalarining tejalishiga olib keldi; 
-
birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi. 
Manufaktura-bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo‘lmagan 
sharoitdagi kooperatsiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni 
davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi, har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining 
tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperatsiyadagidek qo‘l mehnatiga va qo‘l mehnatiga 
asoslangan qurolga tayanadi.


Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini tor 
operatsiyalarni bajarishga bog‘lab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o‘tish uchun zarur 
shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va 
tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun 
ijtimoiy hayotda ham tub o‘zgarishlar ro‘y beradi. XVIII asrning so‘nggi 30 yili ichida 
boshlangan sanoat revolyusiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga 
asoslangan kooperatsiyadir. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning 
vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o‘zgarishlarga qarab R.Aron, Dj. Gelbreyt, 
U.Rostou va boshqa olimlar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini uch bosqichga: 
industrlashgangungacha bo‘lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki 
axborotlashgan jamiyatlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadilar. Bunda ular industrlashishgacha 
bo‘lgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadilar:
-
aholining asosan qishloq xo‘jaligi bilan bandligi;
-
qo‘l mehnatining hukmronligi;
-
mehnat taqsimotining juda kamligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo, 
boshqaruv va boshqalar);
-
natural xo‘jalikning hukmronligi. 
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy 
belgilari: 
-
ishlab chiqarishning avtomatlashganligi;
-
sanoatning fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko‘payishi;
-
shahar aholisining qishloq aholisiga qaraganda ko‘payishi va boshqalar. 
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning 
asosiy belgilari:
-
xizmat ko‘rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi;
-
ishchi kuchining asosiy qismi (60-70%) shu sohada band bo‘lishi;
-
fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, malakali mutaxassislar ro‘lining 
oshishi;
-
iqtisodiyotning hamma sohalarida va kundalik hayotda axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalarining keng qo‘llanilishi;
-
tovarlar va xizmatlar sifatini tushurmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash 
imkonini beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qo‘llanilishi va boshqalar. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o‘zgarishlar jamiyat 
taraqqiyotida asosiy ro‘lni o‘ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar 
tarkibining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keladi. Lekin bu texnik 
o‘zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab 
bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini bilishda texnik va ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarni birgalikda, ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini dialektik aloqadorlik va 
ta’sir natijasida sodir bo‘ladigan taraqqiyot qonunlari asosida o‘rganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning kuchli ta’sirini bir necha ming yillab rivojlanmay qo‘ygan texnika va 
texnologiya taraqqiyotini tovar xo‘jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan jadal o‘sib 
ketganligida ko‘rish mumkin. 
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperatsiya, manufaktura, 
mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, 
axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj topgan 


davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham keyingi vaqtdada ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat 
taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo‘lib o‘rganadilar. 

Download 173,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi

Download 173,65 Kb.
Pdf ko'rish